1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
Nazorat uchun savollar:
1. Ta’lim mazmuni deb nima aytiladi? 2. O‘quv reja nima? 3. O‘quv dasturi nima asosida tuziladi? 4. Darslik, o‘quv qo‘llanmalarga tavsif bering? 5. Ta’limning tashkil qilish shakllariga tavsif bering? 6. Sinf-dars shakliga kim asos solgan? 7. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi nimada? 8. CHet el ta’lim shakllari haqida bilasizmi? 9. Ta’lim tizimi haqida nimalarni bilib oldingiz? Ta’limning samaradorligi ma’lumot mazmuniga didaktik ishlov berish, ta’lim qoidalariga qat’iy rioya qilishga bog‘liq bo‘lganidek, talim metodlarini to‘g‘ri tanlashga ham daxldordir. Xo‘sh, shunday ekan, ta’lim metodlarini qanday tushunmoq kerak? Ba’zi didaktlar ta’lim metodlarini o‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo‘li, ayrim olimlar esa, ularni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim metodlarini o‘quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni shaklida qarash g‘oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlari mohiyati, o‘quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi masalasidir. Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu yo‘nalishlardan qay biri ma’qul? Yoki talim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o‘qitish metodlari», «o‘qish metodlari» kabi terminlar qo‘llanadi. Shunday bo‘lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Bu bobda o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro ta’siri nuqtai nazaridan ta’lim metodlari mohiyati, ko‘rilishi va ulardan foydalanish texnologiyasi tavsiflanadi. Metod (grekcha-te1os1o8])so‘zidan olingan bo‘lib, aynan, u yoki bu narsaga (haqiqatga yo‘l ) maqsadga erishish yo‘li, tartibga solingai faoliyat ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodlari o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirish mumkin emas. Ularga ko‘ra ma’lumot mazmunini o‘zgartirishga mos faoliyat turlari tanlanadi, ta’lim jarayonida bolalarning o‘quv-biluv faoliyatining amal qilishi tasavvur etiladi, ta’lim sub’ektlari-o‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro muvofiqlashadi. Ta’lim metodlari ham o‘quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‘qitish, o‘qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o‘zaro ta’sirning yuzaga chiqishiga yo‘nalgan. Masalan, yangi mavzuni o‘rgatish va o‘rganish uchun suhbat metodi tanlanadi, deylik. Unda mashg‘ulotning borishi quyidagicha ko‘rinish kasb etadi. O‘quvchi(lar) faoliyati omillarni kuzatish -omillarni tahlil etish -savollarga javob izlash va javob qaytarish; -xulosa chiqarish; -mashq, o‘quv topshiriqlari, masala, misol, hayotiy muammolarni hal etishda chiqarilgan xulosadan foydalanish. O‘qituvchi faoliyati omillarni kuzatish omillarni tahlil etishga undash; kuzatilgan va tahlil etilgan omillarga oid savollar berish; qo‘yilgan savollar, qaytarilgan javoblar asosida xulosa chiqarishga undash; xulosalarni amaliy faoliyatda sinab ko‘rishni taklif etish; Ko‘rinadiki, ta’lim metodini amal qilishda, birinchidan, o‘quv materialining bo‘lishi, ikkinchidan, o‘zaro ta’sirning shakllanishi, albagga shart. O‘zaro ta’sir ta’lim mazmuniga ko‘ra yuzaga chiqadi. Ta’lim mazmuni o‘zaro ta’sir natijasida bir (o‘rganilmagan) holatdan ikkinchi (o‘rganilgan) holatga o‘tadi. Bu jarayon bir-biriga daxldor uch narsadan iborat: maqsadga muvofiq faoliyat yoki mehnatning o‘zi-bu o‘zaro ta’sir;o‘zaro ta’sir predmeti ta’limga olib kiritilgan o‘quv materiali; mehnat vositasi-(yuqoridagi misolda) o‘quvchining suhbat metodidan foydalanishga oid bilimi, malakasi, pedagogik mahorati, shuningdek, bolalarning kuzatish, tahlil etish, savolga javob qaytarish, xulosa chiqarish, bilimlarni tatbiq etish sohasidagi aqliy faoliyat metodlari. Ta’lim metodi vositasida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi: o‘qituvchi omillarni kuzatishni taklif etsa, bolalar kuzatishadi; tahlil qilishni so‘rasa, o‘quvchilar tahlil qilishadi; savol bersa javob qaytarishadi va sh.k. O‘qitish va o‘qish faoliyatining bir-biriga kirishuvi yo‘li bilan bolalar o‘quv materiallarini o‘zlashtirishadi, bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq qilishadi. Ta’lim metodi-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo‘nalgan daxldor faoliyatini tartibga solish yo‘lidir. Ta’lim metodlari t a r k i b i. Ta’lim metodlari tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat. O‘qituvchi bilimlarni og‘zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o‘qituvchi mustaqil ish topshirsa, o‘quvchilar bajarishadi. Bilimlarni og‘zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o‘qitish metodlari bo‘lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. Binobarin, o‘qituvchi ijtimoiy tajribani yoshlarga o‘rgatish ehtiyojidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini bolalar faoliyatiga muvofiqlashtiradi. O‘qituvchi tushuntirishlarini tinglash, topshiriqlarni bajarish kabilar o‘qish metodlari bo‘lib, ular vositasida nazariy bilimlarni o‘rganish, bilimlarni tatbiq etish kabi intelektual, amaliy topshiriqlar echiladi. Bulardan ko‘rinadiki, o‘qitish va o‘qish metodlari o‘zaro muvofiqlashib, ta’lim metodlarining shakllanishiga olib keladi. O‘quv-tarbiya jarayonida ta’lim metodlarining samaradorligipi oshirish maqsadida o‘qitish va o‘qish metodlari majmuasidan foydalaniladi***. Masalan, ma’ruza metodi tarkiban o‘kituvchining o‘rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, og‘zaki bayon qilishi, o‘quvchilarning esa o‘quv materiallarini izchil tinglashi kabi metodlardan iborat. Ma’ruza metodidan shu yo‘sinda foydalanish o‘qituvchining, o‘quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta’limning samaradorligini oshirish ehtiyojlarig‘a mos kelmaydi. Zero, ma’ruzaning yuqoridagi ko‘rinishi faqat bolalar xotirasiga mo‘ljallangan. Ma’ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo‘ljallab tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o‘qituvchilar ma’ruza metodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi. 1-variant. Ma’ruzada oldin o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish. Muammoning bajarilishini muhokama qilish va shu asosda o‘quv materiallarini mantiqiy izchillikda bayon etish. Ma’ruzadan oldin qo‘yilgan muammo bolalarda bilishga ehtiyojni uyg‘otadi. SHu tufayli o‘quvchi ta’lim jarayonining faol sub’ektiga aylanadi. 1-variantda ma’ruza quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: . O‘qitish-metodlari O‘qish metodlari Mavzuga oid muammoni tanlash -muammoni qabul qilish va va qo‘yish; tahlil qilish; muammoning bajarilishini -muammoni bajarishga oid tah- tahlil qilish; lilda faol qatnashish; muammoning bajarilishi asosida -o‘qituvchi tushuntirishlarini o‘quv materialini izchil bayon tinglash; etish; mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar -chiqarilgan xulasalarni ting- chiqarish; lash; xulosalarni turli o‘quv sharoit - bilimlarni turli sharoitlar- lariga tatbiq etishga oid ga tatbiq etish. ko‘rsatmalar. 2-variant. Ma’ruzadan oldin bolalar faoliyatidan o‘tgan omillarni, odatdagi muloqot yo‘li bilan o‘rganilgan bilimlarni tahlil etish. Bu variantda ma’ruza bolalar faoliyatidan o‘tgan omillarni, bilimlarni tahlil qilish asosida tashkil etiladi. 3-variant. Oldin o‘rganilgan bilimlar bilan bugungi yangi o‘quv materiali o‘zaro daxldor bo‘lsa, bilimlarni esga tushirish maqsadida suhbat o‘tkaziladi. Suhbat yo‘li bilan o‘rganilgan va endi o‘rganiladigan bilimlar o‘rtasida tabiiy bog‘lanish hosil qilinadi. Ma’ruza shu bog‘lanishning davomi sifatida o‘tkaziladi. O‘quvchi faoliyati -ko‘rgazma qurolni tahlil etish; -qo‘yilgan muammo to‘g‘risida o‘ylash; -o‘qituvchi tushuntirishlarini tinglash; -xulosalarni esda olib qolish; - bilimlarni o‘quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq qilish. 4-variant. Ko‘rsatma qurollarda berilgan omillarni tahlil qilish asosida ma’ruza tashkil etilganda, quyidagicha ko‘rinishni oladi. O‘qituvchi faoliyati ko‘rgazma qurolni tahlil ettirish; bolalar oldiga muammolar qo‘yish; qo‘yilgan muammo asosida bilim-larni izchil bayon etish; xulosalar chiqarish; bilimlarni o‘quv sharoitlariga tatbiq qilishni tashkil etish; YUqoridagilardan ko‘rinadiki, ta’limda hech bir metod sof holda qo‘llanilmaydi. Har bir ta’lim metodi tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat. O‘qitish va o‘qish metodlarining bir-biriga mosligi, o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro muvofiqlashuvini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida didaktik ta’sirning o‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro ta’sirining samarali amal qilishiga olib keladi. O‘qitish metodlari va o‘qish metodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta’limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro ta’siri shaklida amal qilishni ta’minlaydi. O‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz; o‘zaro ta’sirni tashkil etish va boshqarish metodlari, o‘zaro ta’sir natijasini nazorat etish metodlari. Ta’lim metodlarining har bir guruhida o‘qitish va o‘qishning o‘zaro ta’siri qatnashadi. O‘zaro ta’sir ishtirok etmaydigan metod ta’lim metodi sanalmaydi. Masalan, o‘qituvchi evristik suhbatni tanladi deylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollarni o‘rtaga tashlay olish o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘zi dars beradigan sinf o‘quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning real bilish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o‘shandagina sinf o‘quvchilari ta’limda faol ishtirok etishadi. O‘qituvchi faolligi o‘quvchi faolligini va, o‘z navbatida, o‘quvchilar faolligi o‘qituvchi faolligini ta’minlaydi. O‘zaro ta’sirni tashkil etish va boshqarish metodlari Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling