Bilimlarni og‘zaki bayon etish metodlari, evristik suhbatni hisobga olganda, asosan, xotiraga, binobarin, o‘quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo‘ljallab tashkil etiladi. Hikoya, tasvir, ma’ruza, suhbat metodlarining zaif tomoni ham shunda. Ularning zaif tomonlarini bartaraf etish, o‘quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’ektiga aylantirish uchun quyidagi rag‘batlantiruvchi metodlardan foydalaniladi:
1. Qiziqarli o‘quv holatlari yaratish-qiziqarli o‘quv holatlari bolalarda turli emotsiyalarni uyg‘otadi. Fizikadan «Fizika va hayot», «Ertaklarda fizika», ximiyada «Mo‘jizasiz mo‘jizalar», matematikadan «Qiziqarli matematika», «Ajoyib raqamlar», «Sirli raqamlar»ga oid omillarni, hodisalarni ta’limga olib kirish bolalarda bilimlarning qiziqishlarini oshiradi.
2. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy asarlardan olingan omillarni keltirish, ularni tahlil etish ham ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshiradi.
3. Ma’ruza, hikoya, tasvir, suhbat jarayonida analogiya metodidan foydalanish. Masalan, fizikadan ultrabinafsha nurlar (quyosh nurining etti xil elementdan iboratligi), lokatsiya hodisasini ko‘rshapalak misolida izohlash, bolalarda o‘quv faniga, o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi.
4. Fan tarixida ekskursiya ham bolalarning o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirish vositasi sanaladi. Ona tilidan utyug, karandash kabi so‘zlarning o‘zbek tilidan rus tiliga o‘gganligi, tomosha (tomdan oshib qarash), kengash (katta osh) so‘zlarining ma’nosini izohlash, bolalar faolligini oshiradi.
5. Kundalik turmushda ishtirok etish yo‘li bilan hosil qilingan tajriba va ilmiy bilimlarni o‘zaro taqqoslash ham bolalarda o‘quv biluv faoliyatiga havasni oshiradi. SHunday qilib, bilimlarni og‘zaki bayon qilish , metodlari bilan rag‘batlantiruvchi metodardan parallel foydalanish o‘quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshiradi.
Ko‘rgazmali metodlar.
Ko‘rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo‘lib, uning yordamida ko‘ruv o‘quvi va tafakkur o‘zaro uyg‘unlashadi. Ko‘rgazmali metodlarning‘ quyidagicha turlari mavjud:
Illyustratsiya metodi og‘zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqqatni tortish.
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor eshittirishlaridan, videotasvirdardan foydalanib, kinolentalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko‘rgazmalar-narsalarning o‘zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko‘rsatish. Ko‘rgazmali metodlar eshitish va ko‘rish o‘quvlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish vositasi hisoblanadi. SHu tufayli ulardan bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalanshp ta’limning samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |