1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Mutafakkirlarning tarbiya haqidagi fikr va
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fozil jamoa (Forobiy fozil shahar ahli, deydi)
- Forobiy ruh tarbiyasi tan (vujud)
- 4. Tarbiyaning milliy va umuminsoniy qadriyatlar
3. Mutafakkirlarning tarbiya haqidagi fikr va mulohazalari
«Kitob al axl al-madina al-Fozilo» («Fozil shahar odamlarining qarashlari haqida risola») asarida ta‘kidlashicha, insonning bu olamga kelishi va yashashidan maqsad baxt-saodatga erishishdan iboratdir. Baxt-saodat eshiklarining kaliti insonning o’z qo’lidadir: bu maqsadga odamlar fazilatli ishlari va yaxshi axloqiy sifatlari sohiblari bo’lish orqali erishadilar. Fozil jamoa (Forobiy fozil shahar ahli, deydi) odamlarning turmush tarzi va faoliyati boshqa nomukammal shahar odamlarining turmushidan farqi shundaki, «bir guruh (fozil) odamlar birgalikda ana shu xislatlar (fazilatlar)ga ega bo’lishsa (ya‘ni, birida bu, ikkinchisida u, uchinchisida yana boshqa (go’zal) xislatlar bo’lsa), ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga ko’yish zarur. Shu guruhning a‘zolari birlashib, o’zaro kelishib harakat qilsa, har biri fozil odam bo’lishi mumkin, Fozillar shahri, uning aholisi, ularning dillari erishadigan baxt-saodat nima ekanligini bilishlari zarur. Yana «fozillar shahri» aholisi oxiratda nelarga erishuvini, nelardan (qanday ijtimoiy illatlardan) saqlanishini bilishlari zarur». Fozil shahar yoki ideal davlat oqil talablari, adolat va muhabbat asoslari ustiga quriladi. Jamoat hayotining osoyishtaligi, kishilar o’rtasidagi hamjihatlik, hamkorlik, jamiyatning yaxlitligi, adolatli siyosat va undan kelib chiqadigan namunali ishlari orqali ta‘minlanadi hamda yuzaga chiqadi. Forobiy ruh tarbiyasi tan (vujud) tarbiyasidan ustun degan fikrni ilgari surmaydi, balki ular o’rtasidagi muvozanat, uyg‗unlik ko’zda tutiladi.
Komil inson faoliyatida bilim va yetuk axloq uzviy ravishda bir-biri bilan boglangandir: bilim narsalarning mohiyatini, ichki sababiyatlarini bilish imkonini beradi, axloq (ma‘naviyat) esa odamni yaxshi fazilatlarga da‘vat etadi. Chunki kamolotga erishish odamdan o’zining so’nggi maqsadi – baxtga yetish, baxtni ko’lga kiritish uchun foydali narsalarni bilishni talab qiladi. Forobiy ta‘limotiga ko’ra, nazariy jihatdan bilimga ega bo’lish, amaliy jihatdan baxtga erishish vositalarini, yo’llarini bilish kerak ekanligi, ya‘ni nazariya bilan amaliyotning birligi shart qilinadi. Ammo, davlat arbobining nafs xastaligini davolashdan maqsadi unda yaxshi fazilatlarni, yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirishdan, ruhni sog‗lomlashtirish orqali insonni tarbiyalashdan iboratdir. Hukmdor yuksak mahoratli shifokor sifatida jamiyatning va fuqarolarning ruhiy sog‗lomligini ta‘minlashi lozim, bu maqsadga hukmdor davlat boshqaruv san‘atini mukammal egallash yo’li bilan erisha oladi, deyiladi. Jamiyatning ma‘naviy-axloqiy sog‗lomligi kishilarni o’zaro hamjihatlikka va hamkorlikka undaydi, ularda bir-birlariga mehr-muhabbat va ishonch tuyg‗ularini shakllantiradi, odamlarni jipslashtirib, har qanday yovuzlik va adolatsizlikning yo’qotilishi uchun zamin yaratadi. Mana shu ikki omilni bir-biriga qiyos qilar ekan, Abu Ali ibn Sino birinchi o’ringa jamiyat hayotidagi axloqiy munosabatlarni qo’yadi. Chunki axloqiy munosabatlar, uning fikri bo’yicha, xalqning ma‘naviy sog‗lomligini belgilaydi, ilm- fan va madaniyatning ravnaq topishiga yordam beradi, jamiyatning ma‘naviy-axloqiy sog‗lomligi va sobitligini ta‘minlaydi. Komil insonning ma‘naviy kamoloti uning go’zallikka intilishida ifodalanadi. Go’zallikka erishish vositasi muhabbatdir. Insonning ma‘naviy jihatdan kamol topishi uning nafsini tarbiyalash orqali amalga oshadi.
Insonning ichki go’zalligi – go’zal xulqlari, yuksak ma‘naviylikka moyilligi ko’p jihatdan uning tashqi ko’rinishidagi xusnidan afzalroqdir, deydi. Demak, Ibn Sinoning fikriga ko’ra, xayolan fikrda go’zal narsalarni mushohada qilish ayni vaqtda olam hodisalarini faol o’rganish, kuzatish va bilish demakdir. Mana shunday mushohada orqali inson ma‘naviy kamolot sari yuksaladi. Bu jarayonda nafsning har uch qismi ishtirok etadi: nafsning quyi qismlari aqliy (insoniy) nafs bilan hamkorlikda bo’ladi.
dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan bo’lishi zarur, deb aytadi. Ular nafsning quyi qismlari aqliy faoliyat bilan uzviy ravishda bog‗langan holda kamolotga erishish qobiliyatiga egadir. Inson o’zining aqliy faoliyati bilan yuksak g‗oyalarni mushohada qilish orqali lazzatlanishi mumkin. «Bilgiliki, - deydi Nasofiy, - komil inson deb shariat, tariqat va haqiqatda yetuk bo’lgan odamga aytiladilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil shunday insondirkim, unda quyidagi to’rt narsa kamolga etgan bo’lsin: yaxshi so’z, yaxshi fe‘l, yaxshi axloq va ma‘orif». 4. Tarbiyaning milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo„lishi Hamma davrlarning ilg‗or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr, Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‗bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarni shakllantirish, malakalarini oshirib tobora boyitish, estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhimdir. O’zbek xalqini ma‘naviy merosini o’rganishda va rivojlantirishda milliy o’ziga xosligi, ma‘naviy xususiyatlari hisobga olinib xalq pedagogikasi an‘nalariga suyangan holda ish ko’rilishi maqsadga muvofiq. Kishilik jamiyatiga muhabbat tabiat muhofazasi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlariga jalb qilish lozim. Ma‘naviy qadriyatlar va g‗oyalar har xil millat o’quvchilarini birlashtiradi, o’quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. Xalq pedagogikasining o’quvchi tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga to’la tatbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari sharqona urf-odatlari, boy an‘analari hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan milliy o’zlikni anglash, milliy g‗urur tuyg‗usini qaror toptirish mumkin emas. O’zbek xalqi ko’p asrlik tarixiy taraqqiyotda katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan manaviy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ismoil–al Buxoriy, al Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino Yusuf-Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sa‘diy Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Fariddin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’quvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya‘ni odamlar o’rtasida o’zaro yaxshi munosabatda bo’lish, do’stlik, ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-boo’quvchirimiz o’quvchilarda yoshlikdan ana shu go’zal fazilatlarni qaror toptirishga ahamiyat berganlar. Yuqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikkiyoqlama jarayon. Tarbiyachilar – bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar bilim va tarjiba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimlar o’rgana olmaydilar. Umumxalq muhokamasidan o’tkazilgan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi. Mazkur hujjat Respublika ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar mazmunini ochib beruvchi muhim hujjatdir. ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsadi – ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir (8-rasm). rasm O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqilligiga erishgan kunidan boshlab jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan, uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimi jarayonida ham ma‘naviy, ma‘rifiy va mafkuraviy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Jumladan, birinchi 1-Prezidentimiz I.A.Karimov, o’zining ma‘ruzasida ―Milliy istiqlol mafkurasi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi; xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma‘naviyati, an‘ana va udumlari, ulug‗ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi ...‖,- deydi2. Darhaqiqat, hozirgi davr pedagogikasi, tarbiyashunoslik ilmi, ta‘lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini qayta qurish hamda taraqqiy ettirish milliy istiqlol mafkurasi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Shuningdek, xalqimizning an‘ana va udumlari donishmand, mutafakkir bobolarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi. Faylasuf olim, akademik E.Yusupov o’zining qator asarlarida qadriyatlarning ta‘rifi va xususiyatlariga to’xtalib o’tadi. U, qadriyat tushunchasiga falsafiy nuqtai nazardan quyidagicha ta‘rifberadi: "Qariyatlar jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy kasb etgan moddiy, ma‘naviy hodisa, jarayon bo’lsa ham, uning ahamiyati va mohiyati kishilarning ularga munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchaning o’zi ham qadr-qimmat ma‘nosini bildiradi"3 (9-rasm). 2-rasm Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling