1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


III. Rag‘batlantirish va undan foydalanishning pedagogik asoslari


Download 2.43 Mb.
bet79/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

III. Rag‘batlantirish va undan foydalanishning pedagogik asoslari


Rag‘batlantirish - ayrim o‘quvchilar yoki jamoalar xulqi va faoliyatini jamoatchilik tomonidan ijobiy baholash usuli hisoblanadi. Uning stimullovchi roli o‘quvchi tomonidan bajarilayotgan va amalga oshirilayotgan ishning hayotdagi talqinini jamoatchilik tomonidan tan olinishidir. O‘quvchi bunday bahodan qoniqish hosil qila borib, unda o‘zidagi kuch, imkoniyatga ishonchi ortadi. SHuni nazarda tutish kerakki, ma’qullash va rag‘batlantirish har doim ham, hamma erda ham bir xil natija beravermaydi. Rag‘batlantirishning tarbiyaviy ahamiyati tarbiyaviy ishning natijasidagina emas, balki uni keltirib chiqaruvchi motiv va faoliyat usullarida hamda baholanib borilishida ko‘rinadi. Bolani o‘z intilishlarining moddiy rag‘batlantirilishi emas, balki tarbiyachi tomonidan ma’qullanishi qimmatli ekanligiga o‘rgatib borish kerak. Ozgina qilingan ishga ham mukofot kutishdan yomoni yo‘q.
Rag‘batlantirishga, ayniqsa, etarli darajada qat’iyatli bo‘lmagan bolalar ko‘proq muhtoj bo‘ladi. Rag‘batlantirish metodidan kichik va o‘smir yoshidagi bolalar tarbiyasida foydalanish yaxshiroq samara beradi. CHunki bu yoshdagi bolalar o‘z xulqi va faoliyatini baholashga o‘ta sezgirlik, chanqoqlik bilan qaraydilar. O‘qituvchi ortiqcha erkalatib yuborilgan yoki e’tibordan chetda qolgan o‘quvchilarga alohida diqqatini qaratmog‘i zarur. Rag‘batlantirishning tarbiyaviy ta’sir kuchi ko‘pchilik tomonidan ob’ektiv qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq.
Rag‘batlantirishning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, shulardan, ma’qullash, maqtash, ishonch bildirish, qayd etish, buyruq yo‘li bilan minnatdorchilik bildirish, ko‘pchilik oldida mukofotlash, rasmga tushish va boshqalarni keltirish mumkin.
SHuningdek, xalqimiz pedagogik tajribasida yana hali nazariy asoslashni taqozo etadigan juda ko‘plab rag‘batlantirish usullari mavjudki, ularni aniqlab, tarbiya tizimida unumli foydalanish imkoniyatlarini ochib berishni talab etiladi.



Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling