IV. O‘rgatish, odatlantirish
O‘rgatish bolalar tomonidan ma’lum harakatlarning keyin-chalik ijtimoiy xulqning odatiy shakllariga aylantirish maqsa-dida rejali va doimiy bajarilishini tashkil etishdan iborat. Ma’lum sharoitda odat shaxsning turg‘un xususiyati, insoniy si-fati bo‘lib qolishi zarur. Odat shunday jarayonki, uning vosita-sida ishonch moyillikka aylanadi va fikr amaliyotga o‘tadi.
O‘rgatish tarbiyaning va bolalar rivojlanishining dastlabki bosqichida yaxshi samara beradi. Ushbu metodni qo‘llash ba’zi pedagogik shartlarga rioya qilishni talab etadi: o‘rgatish, avvalo, o‘zlashtirish zarurligini aniq tasavvur qilishdan boshlanadi; o‘quvchilarga u yoki bu harakat obrazini tavsiya etish bilan uni ixcham va aniq qoidalarda tushuntirish zarur; har bir vaqt bo‘lagi uchun ayrim harakatlar bajarilishini ajratish kerak va undan ma’lum xulq ko‘rinishi yuzaga keladi, ya’ni vaqtga nisbatan xulqiy harakatlarni ayrim-ayrim ko‘rinishlarga bo‘lib bajarilishini tashkil etish; ma’lum odatlarning yuzaga kelishi uchun vaqt kerak. Bunda shoshma-shosharlik yaramaydi; avvalo, o‘sha harakatning aniq bajarilishiga erishish va keyinchalik tez bajarilishiga o‘tish kerak; o‘rgatish metodi harakatlarni bajarish usullarini nazorat qilishni taqozo etadi.
Nazorat o‘qituvchidan tarbiyalanuvchiga nisbatan xayrixohlik, qiziqish bildirishni, paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni tahlil etish, aniqlash, keyinchalik izlash usullarini muhokama etishni talab qiladi. YAna, eng muhimi, o‘rgatish metodi o‘quvchilar o‘z-o‘zini nazorat qilishining tashkil etilishiga, ularning yoshi, turmush sharoiti, tarbiyasiga bog‘liq holda o‘zgartirib turiladi. Hamma vaqt ham ochiqdan-ochiq u yoki bu xulq usullarini egallashni vazifa qilib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. O‘qituvchi bunday holatda bola faoliyatini shunday tashkil etadiki, o‘quvchi uni qoniqish bilan bajara borib, kerakli xulq ko‘rinishiga o‘zi bilmagan holda erkin va majburiyatsiz odatlanadi. Ba’zi hollarda o‘quvchilar oldiga ma’lum darajada o‘zini boshqarish kerakligi ochiqdan-ochiq vazifa qilib qo‘yiladi.
Masalan, xushmuomala, hushyor, intizomli bo‘lish. Ayrim hollarda o‘quvchilarga u yoki bu sifatlarni egallashi zarur ekanligini eslatib turish kerak. Bunday intilish o‘quvchilar ma’lum odatlarni egallashiga sababchi bo‘ladi.
Sinovdan, tajribadan o‘tgan o‘rgatish vositalaridan biri turmush rejimi va o‘quvchilar faoliyatini tartibli yo‘lga qo‘yishdan iborat. Rejim qanchalik qat’iy bo‘lsa, u shunchalik yaxshi dinamik strategik shakllanishga imkoniyat yaratadi.
V. Mashq
O‘rgatish asosida bolalar tomonidan amaliy harakatlarning bajarilishi yotadi. Unga odatlantirish harakatning qanday bajarilishini amalda ko‘rsatish bilan xarakterlanadi, shundan so‘ng esa uni mustahkamlash kerak bo‘ladi. Buning uchun harakatni ko‘p martalab sistemali qaytarish, mashq qilib borish lozim.
Shartlarning doimiyligi, aniqligi, izchilligi va amaliy harakatlarni asta-sekin murakkablashtira borish oxir-oqibat o‘quvchilarda mukammal ko‘rinishdagi zaruriy xulqiy ko‘rinishlardan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Odatiy faoliyat o‘zining tezligi, aniqligi, engil bajarilishi bilan ajralib turadi, ko‘p kuch va vaqt talab etmaydi.
Bunday zaruriy xulqiy ko‘rinishlar tajribada mustahkamlangan bo‘lib, mashq ta’siri ostida yuzaga keladi va bular tarbiya metodlari tizimiga kiradi.
Mashqning ahamiyati ijtimoiy xulqning barqaror asosi sifatida harakatlarning qimmatli usullarini takomillashtirishdan iborat. Uning ko‘rinishi ushbu usul va harakatlarni ko‘p martalab takrorlashdan iborat. Ilg‘or tajribalarni umumlashtirishdan kelib chiqib, mashq metodiga qo‘yiladigan uslubiy talablar quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |