1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


IV. O‘tkaziladigan munozaralarning o‘ziga xosligi


Download 2.43 Mb.
bet72/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

IV. O‘tkaziladigan munozaralarning o‘ziga xosligi

Qat’iy fikr, ishonchni shakllantirish, oldindan ma’lum bo‘lgan qonuniyatlarga asoslangan fikrlar to‘qnashuvida egallangan bilimlar, turlicha nuqtai nazar hamma vaqt yuqori darajadagi mustahkamligi va ixchamligi, umumiyligi bilan ajralib turishi jihatidan munozara metodi alohida ahamiyat kasb etadi. Munozara yuqori sinf o‘quvchilari xususiyatlariga to‘laligicha mos keladi. SHakllanayotgan shaxs turmushning haqiqiy ma’nosini topishga intilish, yuzaki narsalarga ishonmaslik, haqiqatni bilish uchun juda ko‘plab dalillarni qiyosiy o‘rganish kabi sifatlarga ega bo‘ladi. Munozara qat’iy, tugal qarorni talab etmaydi.


Bu metod o‘quvchilarga tushuncha va asoslarni tahlil etish, o‘z qarashlarini himoya qilish, boshqalarni bunga ishontirish uchun imkon yaratadi. Munozarada ishtirok ztish uchun qarama-qarshi tomonning kuchli va bo‘sh tomonlarini aniqlash, bu borada o‘z nuqtai nazari to‘g‘riligini, ikkinchi tomonning xatolarini, da’volari noto‘g‘riligini isbotlash, uni dalillab ko‘rsatish kerak. Munozara haqiqat yo‘lida kurashishga, haqiqatni tan olish kabi olijanob sifatlar shakllanishiga yordam beradi.
Pedagogik nuqtai nazardan muhokama, munozara uchun tanlangan mavzu o‘quvchi, talaba hayotida muhim o‘rin egallaydigan, ularni qiziqtiradigan, ochiqchasiga suhbatga torta oladigan bo‘lmog‘i lozim. Munozara mavzularini o‘quvchilarning o‘zlari aytishi mumkin. Nima uchun xulq hayot talablariga doimo to‘g‘ri kelavermaydi? Ko‘ngilchan odamlar qanday paydo bo‘ladi? O‘z baxtining haqiqiy egasi bo‘lish mumkinmi? kabi mavzular ochiqchasiga erkin munozara yuritish uchun xizmat qila oladi.
Munozara tarbiyachining, shuningdek, o‘quvchining ham puxta tayyorlanishini talab etadi. Muhokama uchun kiritilayotgan savollar o‘quvchilarni faol jalb etgan holda oldindan tuzilsa yaxshi bo‘ladi. Haqiqiy tarbiyachi o‘zining madaniyatlilik, irodalilik sifatlari bilan o‘rnak bo‘lishi, munozaraga o‘rinsiz aralashmasligi, qo‘pollik bilan buzmasligi, o‘z fikrini majburan o‘tkazmasligi kerak. Munozarani boshqarishda qat’iy tasdiqlash yoki qat’iy man etish yo‘lidan bormaslik kerak.


V. Ibrat metodi

O‘quvchining shakllanayotgan ongi real hayotda, amaliyotda, jonli obrazlar misolida o‘ziga tayanch, asos bo‘ladigan va jamiyat talab etayotgan ideal sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan insoniy fazilatlarni ko‘rishni xohlaydi. Bunday izlanishda o‘quvchidagi taqlidchilik muhim hisoblanib, u tarbiya metodi sifatida ibratning psixologik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Taqlidchilik, ko‘r-ko‘rona ergashish, o‘xshash bo‘lish emas, balki g‘oyalar ideal sifatlarga etaklovchi yangi ko‘rinishdagi harakatlarni shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Taqlid orqali insonda ijtimoiy-axloqiy maqsadlarni amalga oshiruvchi, faoliyatning ijtimoiy jihatdan yuzaga kelgan usullari shakllanadi.


Taqlidchilik faoliyati o‘z xarakteriga ko‘ra yosh o‘zgarishi, tajriba, o‘z hayotiy o‘rnining ortib borishi orqali, intellektual va axloqiy rivojlanish tufayli o‘zgarib boradi. Odatda kichik yoshdagi o‘quvchilar taqlid uchun tayyor obrazlarni tanlaydi. O‘smir yoshda taqlid mustaqil fikr yuritish orqali u yoki bu tarzda yuzaga keladi. Katta maktab yoshida taqlidchilik ko‘proq onglilik, gaplarning ichki mohiyatini anglab etish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling