1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi


Download 2.43 Mb.
bet68/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


1.Shaxs ongini shakllantirish metodlari.
2.Faoliyat, muomala, ijtimoiy xulq tajribalarini
tashkil etish metodlari.

3.Faoliyat va xulqni rag‘batlantirish va motivlarni
chuqurlashtirish metodlari.

4.Faoliyat va xulqni nazorat qilish, o‘z-o‘zini nazorat
qilish, o‘z-o‘zini baholash metodlari.

Ushbu metodlarni ajratishga shaxs faoliyatining yaxlit tizimi asos qilib olingan bo‘lib, u faoliyat jarayonini anglab etish, uni tashkil etish, faoliyatni rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
Pedagogik jarayonning rivojlanish dialektikasida tarbiya metodlari murakkab va ziddiyatli birlikda ishtirok etadi. Hal qiluvchi ahamiyatga bu o‘rinda ayrim birlashgan vositalar mantiqi emas, balki ularning tizimini o‘zaro uyg‘un tarzda tashkil etish ega bo‘ladi. Albatta, tarbiya jarayonining ma’lum bosqichida bu metod alohida ajratilgan holda qo‘llanilishi mumkin. Lekin boshqa metodlar yordamida, ular bilan bevosita bog‘liq holda qo‘llanilmasa, o‘zining ahamiyatini yo‘qotadi, ko‘zlangan maqsad sari borish jarayonini sekinlashtiradi.


IV. Tarbiya metodlarini optimal tanlash va qo‘llash shartlari


Tarbiya metodlarining tuzilishi va tanlanishini belgilovchi bog‘liqliklar ichida birinchi o‘rinda uning jamiyat ideallari va tarbiya maqsadlariga muvofiq kelishi turadi.
Tarbiyachi amaliy faoliyatida tarbiya metodlarini tanlashda, odatda, tarbiya maqsadlari va uning mazmuniga tayanadi. Konkret pedagogik vaziyatlardan kelib chiqib, tarbiyachi qanday metodlardan foydalanishni o‘zi hal etadi. Bu metod xoh mehnat ko‘nikmasini ko‘rsatish bo‘lsin, xoh ijobiy namuna yoki mashq bo‘lsin, bular, avvalo, ko‘plab omillar va sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, tarbiyachi shu holat uchun eng ma’qul keladiganini tanlaydi.
Metod yaxshi ham, yomon ham bo‘lmaydi. Tarbiyaga metodlar emas, balki ularning tizimi asos qilib olinadi. Ma’lum tarbiya natijalariga erishish uchun qo‘llanilayotgan metodlar bir xilda bo‘lsa-da, sharoit, holatga qarab turlicha variantlarda qo‘llanilishi mumkin. Bu o‘rinda pedagogik mahorat shundaki, tarbiyachi o‘quvchilar rivojlanishining yosh va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlariga mos eng qulay tarbiya metodlarini topadi va qo‘llaydi.
Tarbiya metodlarini tanlashda pedagogik amaliyotda tasdig‘ini topgan quyidagi kabi bir qator pedagogik talablarga rioya qilish kerak:

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling