1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ushbu prinsipdan foydalanishda, shaxs fazilatlarini ideallashtirish, shaxsni maqtashga berilib ketmaslik kerak


Download 2.43 Mb.
bet64/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ushbu prinsipdan foydalanishda, shaxs fazilatlarini ideallashtirish, shaxsni maqtashga berilib ketmaslik kerak. Bu holat boshqa bolalarda unga nisbatan salbiy qarashlarning yuzaga kelishiga, egoistik, maqtanchoqlik, boshqalarni mensimas-lik kabi sifatlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.


VIII. O‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish prinsipi

Tarbiyaviy jarayon bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni talab etadi. Har bir yosh o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, alohida muhit, alohida vosita tanlashni talab etadi. CHunki bu o‘sayotgan shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Har bir yosh xususiyatlarini hisobga olish, undagi intellektual-irodaviy, emotsional, xarakter xususiyatlarini nazarda tutish, mazkur sinf o‘sish dinamikasini aniqlash, tarbiyada ma’lum natijalarga erishishda alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin bu degani, har bir yosh davrining o‘sish dinamikasi orqasidan tarbiya jarayoni soya kabi ergashib borishi kerak degani emas, balki bola imkoniyatlarini o‘rganish asosida uning kelajak taraqqiyotini nazarda tutib, qat’iy o‘stiruvchi, rivojlantiruvchi, ichki imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi izchil, qat’iy talablarni qo‘yib bormoq kerak.


Mazkur prinsip, shuningdek, shaxsning tarbiyalanganlik darajasini, ijtimoiy etuklik darajasini o‘rganishni ham taqozo etadi. Ushbu daraja ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, bularning ichida eng muhimi ijtimoiy aloqa va munosabatlardir. Tarbiya jarayonida bunday munosabatlarning turli yoshdagi bolalarga o‘ziga xos ta’siri nazarda tutilishi kerak. Tarbiyachi bola shaxsining rivojlanishini uning jamiyat bilan o‘zaro aloqasi jarayonida o‘rgana borib, bolaning ideali, qiziqishi, ehtiyoji, intilishini ham hisobga olishi zarur.
Qo‘yilayotgan talablar shaxs imkoniyatlaridan orqada qolsa yoki ortib ketsa ham tarbiyaviy ishlar samaradorligi yaxshi bo‘lmaydi. Ayniqsa, tarbiya jarayonida kichik yoshdan o‘smir yoshiga, o‘smir yoshidan katta yoshga o‘tish jarayonini hisobga olmaslik, bu davrlardagi o‘ziga xoslikni nazarda tutmaslik ham natijaning past bo‘lishiga olib keladi.
SHuningdek, bolalarning oliy nerv sistemasi faoliyati, jismoniy, ma’naviy, aqliy o‘ziga xosligi, qiziqishlarining, xarakterlarining turlichaligini hisobga olish tarbiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling