1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Aqliy tarbiyaning gurux ko‘rinishlari


Download 2.43 Mb.
bet86/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Aqliy tarbiyaning gurux ko‘rinishlari: fan to‘garaklari, o‘quvchilar ilmiy jamiyati, ustaxonalarda turli asbob va uskunalar tayyorlash, laboratoriyalarda turli tajribalar o‘tkazishdan iborat.
YAkka tartibdagi shakllari: ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qish, texnik modellashtirish, konstruksiyalash ishlari, ijobiy ishlar bajarish, tematik teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish, ma’ruzalar, referatlar tayyorlash va chiqishlar qilish. Bunday ishlarni amalga oshirishda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari katta rol o‘ynaydi.
3. Fuqarolik tarbiyasi
1.Fuqarolik tarbiyasining predmeti, vazifalari va mazmuni. Har qanday jamiyat va davlatning negizini fuqarolar tashkil etadi. O‘sha jamiyat va davlatning siyosiy hamda iqtisodiy etukligi esa fuqarolarning tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liqdir. Bu o‘rinda fuqarolik tarbiyasi - jamiyat va davlat kelajagini beligilab beradigan muhim omillardan hisoblanadi. Fuqarolik tarbiyasi to‘g‘risida so‘z borar ekan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarida: “Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga qo‘maklashadi”,-deb qat’iy belgilaydi.
Darhaqiqat, pedagogika fanining asosiy vazifasi va mazmuni inson va jamiyat tarbiyasi bilan shug‘ullanishdan iborat ekan, u faqat ilmiy-nazariy emas, amaliy ahamiyat ham kasb etadi.
Har bir inson muayyan davlat xududida yashaydi va uning bu davlatga daxldorligi “Fuqarolik” tushunchasi yordamida ifodalanadi. Fuqarolik - o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishga ega bo‘lgan muayyan davlatga mansublikni anglatuvchi ijtimoiy-huquqiy makon sanaladi. Fuqarolik holati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi va fuqaroning haq-huquqlari, or-nomusi, sha’ni, obro‘si ularga muvofiq mamlakat ichkarisi hamda xalqaro maydonda himoya qilinadi.
Fuqarolik shaxsning muayyan haq-huquqlargagina emas, shu bilan birga ma’lum burch va majburiyatlarga ham egaligini ifodalaydi. SHunga ko‘ra fuqaro ma’lum bir shaxs sifatida o‘zi ega bo‘lgan haq-huquqlardan foydalana olishigina emas, balki zimmasidagi burch va majburiyatlarni ado etishi bilan ham belgilanadi.
Fuqarolik tarbiyasi haqida o‘quvchilar va ota-onalarning ko‘p asrlik sinovlardan o‘tgan pedagogik fikr-mulohazalar bu borada ko‘p qirrali va ta’sirchan usullari hamda yo‘l-yo‘riqlari bilan qurollantiribgina qolmasdan, yosh avlodga o‘zining ma’naviy salohiyati, ongi-shuurini haqiqiy xalqparvar qadriyatlar bilan boyitish va uni rivojlantirish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim tarbiya haqida bahs yurtilganda “Farzand tarbiyasi”, “inson tarbiyasi”, “komil inson tarbiyasi” kabi iboralar bilan bir qatorda “fuqarolik tarbiyasi” iborasi ham ishlatiladi. Bu ibora mazmun jihatdan keng qamrovli bo‘lib, nafaqat ijtiomiy, shuningdek, siyosiy ma’noga ham ega. Bunday sharoitda pedagogika fani shaxsni ham inson, ham fuqaro sifatida tarbiyalash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Ya’ni, pedagogika etuk inson qilib tarbiyalash bilan kifoyalanib qolmasdan, uni o‘z xalqining, o‘z Vatanini sevuvchi, xalqi va Vatani uchun jonini fido qiluvchi inson qilib ham tarbiyalamoqi kerak.
2.Fuqarolik tarbiyasini amalga oshirishdagi asosiy muammolar.
Yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan mas’uliyatli vazifalarni hal etishda pedagogika fani oldida bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular fuqarolik tarbiyasini tushunib etishda va uni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling