1-ma’ruza: Nanofizika asoslari Reja: Mikro va nanoelektronika
Download 39.31 Kb.
|
1-ma’ruza Nanofizika asoslari Reja Mikro va nanoelektronika mi-fayllar.org
Perfokarta – eski hisoblash mashinalarida dastur yozish uchun ma’lum bir
joylarida yorug‘lik nuri o‘tishi uchun teshikchalar qilib qo‘yilgan qattiq qog‘oz bo‘lagi yoki tasmasi. I-RNK molekulasi unga yozilgan dastur bilan ribosoma tomon yo‘naladi, u yerda oqsil sintezlanadi. U tomonga yana oqsil quriladigan materiallar – aminokislotalar oqimi ham yo‘naladi. Aminokislota ribosomaga mustaqil emas, balki harakatlanuvchi transport RNK (t-RNK) yordamida o‘tadi. Bu molekulalar turli aminokislotalar ichidan “o‘zining” aminokislotasini ajrata oladi, o‘ziga qo‘shib ribosomaga olib boradi. Ribosomalarda oqsil sintezini translyatsiya (lotin. “translatio” - uzatish) deb ataladi. Oqsil molekulasi qurilishi davomida ribosoma i-RNK bo‘ylab “o‘rmalaydi” va shu i-RNKga dasturlashtirilgan oqsilni sintezlaydi. I-RNK bo‘ylab ribosoma qancha uzoqqa ko‘chib borsa, oqsil molekulasining shuncha katta qismi “yig‘ilgan” bo‘ladi. I-RNK tasmasida, konveyerdagiga o‘xshab, bir vaqtning o‘zida bir oqsilning o‘zini bir necha ribosomalar tomonidan yig‘ish davom etaveradi (4-rasm). Ribosoma i-RNKning oxiriga yetganida sintez tugaydi. 1.4-rasm. Ribosoma oqsilining sintez jarayoni Endi ribosomaning ishlash mexanizmiga to‘xtalib o‘taylik. Rasmga murojaat qilamiz. Ribosoma i-RNK bo‘ylab bir tekisda harakatlanmaydi, to‘xtab-to‘xtab “qadamma-qadam”, triplet ketidan triplet tarzda harakatlanadi. Ribosomaning i- RNK bilan tegishgan har qadamida unga ulangan aminokislotali t-RNKning molekulasi “suzib” keladi. Oldin aytilganidek, har bir t-RNK faqat “o‘z” aminokislotasini taniydi va uni oqsil quriladigan joyga keltirish uchun birlashtirib oladi. Bu unda muayyan aminokislotaga mos triplet borligi tufayli sodir bo‘ladi. Agar t-RNKning kodli tripleti ayni paytda ribosomada bo‘lgan i-RNK tripletiga komplementar bo‘lib chiqsa, unda aminokislota t-RNKdan ajralib chiqadi va oqsilning qurilayotgan zanjiriga birikadi (oqsil molekulasiga yana bir “munchoq” qo‘shiladi). 1.5-rasm. Ribosoma oqsilni sintez qilmoqda So‘ngra, ozod t-RNK ribosomadan atrof muhitga chiqarib tashlanadi. Bu yerda u aminokislotaning yangi molekulasini tutib oladi va ishlayotgan ribosomalarning xohlaganiga olib boradi. Bizning ribosoma esa i-RNK bo‘ylab oldinga keyingi “qadam”ni bir triplet qadar qo‘yadi. Asta-sekinlik bilan ribosoma i- RNK triplet ketidan triplet harakatlanadi va birin ketin oqsil zanjiri ko‘payib boradi. I-RNKning butun uzunligi bo‘yicha o‘tib bo‘lib, ribosoma tayyor oqsil bilan undan “tushib” qoladi. So‘ngra, oqsil molekulasi hujayraning shu turdagi oqsil zarur bo‘lgan tomoniga yo‘naladi, ribosoma esa boshqa ixtiyoriy i-RNK tomon yo‘naladi (ribosoma har qanday oqsilni sintezlay oladi; oqsil harakteri faqat i-RNK matritsasiga bog‘liq bo‘ladi). Shunday qilib, ribosomalar oqsil va RNKdan qurilgan nanomashinalar murakkab molekulalar qurilishga dasturlashtirilishi mumkinligini, ya’ni ular hohlangan molekulyar tuzilmalar ishlab chiqarish uchun tabiiy assemblerlar (atomlar yig‘uvchi) bo‘lishini tasdiqladi. Gen injenerlari hozir biologik tabiiy materiallar: aminokislotalar, oqsillar, DNK molekulalari va boshqalardan foydalanib, birinchi eksperimental sun’iy nanomashinalar qurishga harakat qilishmoqda. Ammo, biologiksimon nanomashinalar – bu organikadir va ularning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Ular yuqori temperatura va bosimda barqarorlikni yo‘qotadi yoki buzilib ketadi, nurlanishlardan ta’sirlanadi, qattiq materiallarga ishlov bera olmaydilar, kimyoviy agressiv muhitlarda ishlay olmaydilar. Shuning uchun ham insoniyatning balk- texnologiyada yaratgan ko‘plab ishlanmalaridan voz kechish to‘g‘ri bo‘lmaydi. G‘ildirakdan kompyutergacha – bularning hammasi tabiat “o‘ylab topmaganlardir”. Biologiksimon tuzilishlarsiz ayrim atom va molekulalardan foydalanish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun nanomashina – assemblerlar tirik va texnik sistemalar sintezidan iborat bo‘lishi lozim. Dreksler assemblerga quyidagicha ta’rif beradi: Download 39.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling