1-Ma’ruza: Qurilish jarayonlari texnologiyasi bo‘yicha asosiy tushunchalar va qoidalar Ma’ruza rejasi: Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari


Download 164.5 Kb.
bet4/5
Sana14.11.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1772936
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza

B va V sxema, odatda, tipovoy (namunaviy) ob’ektlarni (masalan, turar-joy, sanoat binolari va boshq.) barpo etishda qo‘llaniladi, bunda ham barcha
investitsion qarorlarni buyurtmachi asoslaydi.
G sxema yirik loyihalar uchun foydalaniladi, bunda buyurtmachi kapital qurilishini boshqarish boshqarmasiga ega va qurilish ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarining bitim (shartnoma) tuzish shakli qo‘llaniladi, unga muvofiq investitsion havflar ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
D sxema yirik miqyosdagi investitsion loyihaga mos keladi, bunda loyihani
boshqarishni bosh pudratchi-quruvchi amalga oshiradi va u buyurtmachi bilan birga bir tomondan, bosh loyihachi va bosh pudratchi bilan ikkinchi tomondan
birgalikda loyihani amalga oshirishdagi havflarni o‘z zimmasiga oladi.
E sxema – mamlakatimiz qurilish bozorida faqat keyingi yillarda yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni boshqarishning qurollaridan biri sifatida foydalana boshlanib, ob’ektlarni barpo qilishni davomiyligini tubdan pasaytirishga va investitsion-qurilish jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Umumqurilish ishlari odatda pudrat yoki xo‘jalik usullarida bajariladi.
Pudrat usulida ishlarni qurilish va montaj tashkilotlari shartnoma asosida bajarishadi. Bunday usul qurilish va montaj tashkilotlarida doimiy ishchi kadrlari
bo‘lishiga, ularning malakalari oshirilishiga, qurilish ishlab chiqarishni
takomillashtirishga, qurilish mashinalari va kranlari bilan, ilg‘or elektrlashtirilgan asboblar bilan jihozlanishini ta’minlaydi.
Tarkibida qurilish-remont bo‘limiga ega yirik kup qirrali firma yoki
tashkilot, ob’ektni barpo etish, ishlarni bajarish uchun qo‘shimcha ishchilarni yollashga, zarur qurilish mexanizmlari va jihozlarini ijaraga olishga, ishlab chiqarish bazasini yaratishi yoki kengaytirishi mumkin. Qurilishda xo‘jalik usullarining qo‘llanilishi, odatda, qurilish-montaj ishlarining uncha katta bo‘lmagan xajmlarida, pudratchi qurilish tashkilot larining faoliyat ko‘rsatish joylaridan uzoqda bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lib va umuman cheklangan holda qo‘llaniladi.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling