1-Ma’ruza: Qurilish jarayonlari texnologiyasi bo‘yicha asosiy tushunchalar va qoidalar Ma’ruza rejasi: Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari


Download 164.5 Kb.
bet5/5
Sana14.11.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1772936
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Qurilish jarayonlari va ishlar
Qurilish texnologiyasini asosini qurilish (ishchi) jarayoni tashkil etadi.
Jarayonning mohiyatini faoliyat (ta’sir) tashkil etadi. Jarayon – faoliyat (ta’sir)lar yig‘indisidir. Faoliyat (ta’sir) xarakatdan ajralmasdir, u o‘z navbatida, vaqt bilan uzluksiz bog‘liqdir.
Ta’sirlarning har biri dastlabki mexnat buyumlarini (materiallar, yarim
tayyor maxsulotlar, buyumlar va h.k.) qayta ishlashga, ularning miqdoriy va sifat tavsiflarini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan.Ta’sir ijrochi tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan holda asboblardan, moslamalardan, mexanizmlardan, mashinalardan (texnik vositalardan) foydalanib amalga oshiriladi. U kerakli bilim, malaka, axborot bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Bitta yoki bir nechta ketma-ket ta’sirlar operatsiyani – jarayonning
texnologik jihatdan ajralmas elementini tashkil qiladi. Operatsiyaning natijasi dastlabki mexnat predmetining xossalaridan yoki tavsiflaridan kamida bittasini yoki ularning o‘zaro joylashishini o‘zgartirish hisoblanadi.
Binoning loyihaviy konstruktsiyasining konstruktiv elementini yaratishga yoki shakllantirishga olib keluvchi bir nechta operatsiya oddiy jarayonni tashkil etadi (masalan, kotlovanni yaratishda gruntni qazish). Oddiy jarayon ishchilar va texnik vositalarning ma’lum bir aniq tarkibi bilan bajariladi.
Bajarilish natijasida loyiha konstruktsiyasining bir qismi yaratiladigan oddiy jarayonlar yig‘indisi kompleks texnologik jarayonni ifoda etadi (masalan, binoning poydevorini qurish uchun kotlovanni qazish bilan bog‘liq barcha zarur ishlar majmuini bajarish).
Ob’ektni barpo qilishda murakkab jarayonni tashkil etuvchi bir necha
kompleks jarayonlar yig‘indisi bajarilishi mumkin bo‘lib, uning natijasida bino yoki inshoot barpo etiladi.
Bir qator ob’ektlarning bitta qurilish tashkiloti kuchi bilan qurilishi ob’ekt
tizimlarini muvofiqlashtirishni va o‘zaro bog‘lanishini talab etadi. Bu holda qurilish oqimi shakllanadi, uning asosida ob’ektlararo jarayonni tashkil etuvchi bir qancha ob’ekt oqimlari yig‘indisi yotadi.
Qurilish jarayonlarining ko‘rib chiqilgan va ifodalangan tavsifi ularning vertikal qurilishini ifodalaydi va 1.1-jadvalda keltirilgan.
Qurilish jarayolarini murakkablik darajasiga ko‘ra bo‘linishidan tashqari ularni quyidagi belgilari bo‘yicha ham guruhlash mumkin:
mexanizatsiyalash darajasi bo‘yicha:
mexanizatsiyalashgan jarayon mexanizmlar yordamida bajariladi
(ekskavator bilan kotlovan qazish, yig‘ma konstruktsiyalarni kran bilan montaj qilish);
dastaki jarayon mexanizatsiyalashgan asbob (vibrator, kraskopult) yoki
mexanizatsiyalashmagan asbob (belkurak, bolta, arra) yordamida amalga oshiriladi;
yarim mexanizatsiyalashtirilgan jarayon shu bilan tavsiflanadiki, uni
bajarishda mashinalar bilan birga qo‘l mexnatidan ham foydalaniladi;
vazifasiga ko‘ra:
asosiy jayonlar, bajarilishi natijasida bino va inshootlarning elementlari va
qismlari yaratiladi. Bu jarayonlar qurilish ishlab chiqarish maxsulotini olishni ta’minlaydi va qurilish jarayonlarining moddiy elementlariga ishlov berish, shaklini o‘zgartirish va yangi sifatlar berishdan iborat bo‘ladi;
yordamchi jarayonlar (tayyorgarlik) asosiy jarayonlarni me’yorida bajarish
uchun zarur bo‘lgan- g‘isht terish uchun havozalar qurish, transheyalarning devorlarini to‘sish, montaj qilishdan oldin konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig‘ish, montaj qilinayotgan konstruktsiyalarni yordamchi osma moslamalar bilan jihozlash;
tayyorlov jarayonlariga qum, shag‘alni qazib olish, qorishmani, betonni tayyorlash, qolip (opalubka), armatura elementlarini va h.k. larni tayyorlash. Ular qurilayotgan ob’ektni yarimfabrikat maxsulotlar, detallar va buyumlar bilan ta’minlaydi. Bu jarayonlar odatda karerlarda, ixtisoslashtirilgan korxonalar: tovar beton zavodlarida, armatura va yog‘ochga ishlov berish tsexlarida va h. k. da bajariladi;
transport jarayonlari, qurilish maydoniga talab etiladigan moddiy resurslar
va yuklarni eltib berish uchun zarur. Gorizontal transport tashqi (yuklarni qurilish maydoniga yetkazish uchun) va ichki (yuklarni maydon doirasida ko‘chirish uchun) ga bo‘linadi. Vertikal transport materiallarini ishlar amalga oshiriladigan zona (hudud)ga uzatishni ta’minlaydi. Transport jarayonlariga odatda ortish-tushirish va omborga joylash ishlari kiradi. Qurilish maydonidan gruntni ko‘chirish va unga keltirish bo‘yicha kichik guruhni ajratish mumkin (samosvallar, skreperlar, buldozerlar);
jarayonlarni bajarish xususiyatiga ko‘ra: uzluksiz jarayonlar, keyingi jarayonlarini amalga oshirishga darhol kirishishga imkon beruvchi jarayonlar – g‘isht terish, ayrim konstruktsion elementlarni montaj qilishni;
uzlukli jarayonlar, keyingi jarayonlarni bajarish oldidan majburiy texnologik tanaffuslarni talab etuvchi jarayonlar betonning kerakli mustaxkamligini olgunga qadar kutish, suvoqning qurishini kutib turish;
ahamiyatga ko‘ra (bajarishning ustivorligiga ko‘ra):
etakchi jarayonlar, bino va inshootni barpo etishning yakuniy muddatlarini
belgilab beruvchi;
qo‘shma jarayonlar,faqat yetakchi jarayonlar bilan paralel ravishda
bajariladigan (montaj va tutashuv joylarini bekitish, g‘isht terish va suvash, umumqurilish va maxsus ishlar). Qo‘shib olib beriladigan jarayonlar qurilishning muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi yetakchi jarayonga aylanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, jarayonlarni birga qo‘shib bajarish qurilishning davomiyligini ancha qisqartirishga imkon beradi.
Bajarilayotgan jarayonlar tarkibi doimiy hisoblanmaydi va aniq sharoitga bog‘liq holda – mashina va uskunalarning mavjudligiga, yil fasliga, iqlim va geologik sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
Bino va inshootlarni barpo etishda bajariladigan ishlar majmuini uch
guruhga birlashtirish mumkin:
Umumqurilish ishlari bajarish usuli yoki qo‘llanilayotgan va ishlov
berilayotgan materiallariga ko‘ra yer ishlari, qoziq ishlari, g‘isht-tosh ishlari, montaj, beton, tom yopmani yopish, pardozlash va boshqa ishlarga bo‘linadi. Maxsus ishlarga suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv, ventilyatsiya, elektromontaj, texnologik konstruktsiyalarni, liftlarni montaj qilish, rezervuarlarni, sanoat pechlarini va h. k. larni barpo qilish kiradi. Bu ishlar o‘ziga xosdir, shu jumladan har bir qurilish ob’ekti uchun shunga o‘xshash ishlarning o‘z nomenklaturasi mavjud, shuning uchun maxsus ishlarni asosan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajarishadi, ular qurilishning asosiy ijrochisiga subpudratchi bo‘lib hisoblanadi. Yordamchi ishlar qurilishni materiallar, yarimfabrikatlar, detallar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan va transport hamda ortish-tushirish ishlariga ajratiladi. Qurilish ishlari majmualari ham davrlar yoki tsikllar bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Tayyorgarlik davrida qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi, bunga eski binolarni buzish, rejalash, vaqtinchalik yo‘llarni qurish, quruvchilar uchun maishiy xonalar qurish, vaqtincha kommunikatsiyalarni o‘tkazish kiradi. Yer osti qismini yoki nol tsiklini barpo etish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: yer ishlari (kotlovan qazish, tasmali poydevorlar va asosiy magistrallardan binoga kommunikatsiyalar tortish uchun transheyalar qazish, ularni to‘ldirib chiqish), yig‘ma yoki monolit temir-beton konstruktsiyalardan poydevorlar, yerto‘la devorlari, ichki pardevorlar, Ustunlar, orayopmalarni barpo etish, beton ishlariga tayyorgarlik va h. k., gidroizolyatsion ishlar (polni va yer osti qismi devorlarini izolyatsiyalash), binoga zarur kommunikatsiyalarni kiritish (binoga transheyalar orqali kommunikatsiya quvurlarini o‘tkazib, ularni binoning yerto‘la qismida tarqatish).


Nazorat savollari:


Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari.
2. Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari
3. Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.
Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling