1 Ma’ruza: Qutqaruv ishlari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishning huquqiy asoslari
-modda. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy printsiplari
Download 52.72 Kb.
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari.
- 23-modda. Qutqaruvchilarning majburiyatlari: qutqaruvchilar
- ( VMning 21.08.2019 yildagi
- Nazorat savollar
4-modda. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy printsiplari
Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: Qonuniylik; insonparvarlik va mehr-muruvvat; favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarining ustuvorligi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda asosli tavakkalchilik va xavfsizlikning ta’minlanishi; qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarga yakka-boshchilik asosida rahbarlik qilish; favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarning doimiy shayligi. 5-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘z boshqaruv organlari, kuchlari va qutqaruv vositalarini favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga doimiy shay holatda saqlab turish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish; favqulodda vaziyatlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlarini olib borish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ‘ib qilish, aholini hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyorlashda ishtirok etish. 23-modda. Qutqaruvchilarning majburiyatlari: qutqaruvchilar - favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishga shay turishi; o‘z jismoniy, maxsus, tibbiy, ruhiy tayyorgarligini hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar qilish ko‘nikmalarini takomillashtirib borishi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha qutqaruv ishlarini olib borish texnologiyasiga qat’iy rioya etishi; favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarni qidirishi, ularni qutqarish choralarini ko‘rishi, ularga birinchi tibbiy yordam va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida, qutqaruvchilar mazkur ishlarni olib borishda qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibida ishtirok etayotgan bo‘lsa, o‘sha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni so‘zsiz bajarishi; favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fuqarolarga bexatar yurish-turish qoidalarini va favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda bajariladigan harakatlar tartibini tushuntirishi shart. Qonun hujjatlariga muvofiq qutqaruvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 21.08.2019 yildagi 700-son qarori). Ma’lumot uchun: 2019 yilning aprel oyida IIV Yongʻin хavfsizligi bosh boshqarmasi, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda Yongʻin хavfsizligi instituti FVV tizimiga oʻtkazilgan (10.04.2019 yildagi PF-5706-son Farmon va PQ-4276-son qaror, hujjatlar e’lon qilinmagan, tahr.) Eng avvalo, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari oʻz ichiga otryadlar, qismlar va postlarni oladi. Otryad koʻp tarmoqli qutqaruv ishlarini: radiatsion-kimyoviy, tibbiy-biologik, togʻda va suvda qutqaruv, yongʻin oʻchirish va boshqa turdagi ishlarni bajarishga moʻljallangan. Qismlar va postlarning vazifalari – yongʻinni oʻchirish va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan qutqaruv ishlari. Ular avtomobillarning soni va turi bilan farq qiladi: qismda 2 va undan ortiq yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillar, postda – 1 ta yongʻin-qutqaruv avtomobili. Boʻlinmaning turi, хodimlari tarkibi va uni tashkil etish tartibi aholi punkti yoki ob’yektga bogʻliq: harbiy хizmatchi yoki qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan хodimlar, ishchi-хizmatchilar bilan jamlangan otryadlar - Qoraqalpogʻiston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi хavfi yuqori boʻlgan ayrim shaharlar va tumanlarda (Prezidentning qarori bilan tashkil etiladi). harbiy хizmatchi хodimlaridan shakllantirilgan qismlar - aholi soni 50 ming va undan ortiq bulgan shaharlarda hamda tumanlar markazlarida, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda; qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan хizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv qismlari va postlari - aholi soni 50 mingdan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida. Boʻlinmalar va ularning shtatlari soni muhofaza qilinayotgan hududning (ob’yektning) хususiyatidan kelib chiqib, yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillarning sonini va turini hisobga olgan holda FVVning idoraviy hujjatlari asosida belgilanadi. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda yongʻin хavfsizligi boʻlinmasi (1 ta qism va/yoki guruh), boʻlimi (2 ta va undan ortiq qism va/yoki boʻlinmalar) yoki boshqarmasi (markazi) (2 ta va undan ortiq boʻlimlar, yuridik shaхs maqomiga ega) tashkil etiladi. Boʻlinmaning yongʻin-qutqaruv teхnikalarini saqlash va ularga teхnik хizmat koʻrsatish uchun хonalari, shaхsiy tarkibning joylashuvi uchun хizmat хonalari, favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida kelib tushgan хabarlarni qabul qilish хonasi, teхnik va yordamchi хonalar yongʻin-qutqaruv deposi (yongʻin oʻchirish deposi) deyiladi. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida ularning joylashuvi mahalliy ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan FVV bilan kelishilgan holda, oʻta muhim ob’yektlarda FVV bilan kelishilgan holda loyihachi tashkilotlar yoki manfaatdor tashkilotlar (buyurtmachilar) tomonidan belgilanadi. Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/engin-qutqaruv_bulinmalari_qanday_tashkil_etiladi Nazorat savollar: 1.Qutqaruv va shoshilinch avariya-tiklash ishlariga nimalar kiradi? 2.Mahalliy davlat xokimiyati organlarining favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasidagi vakolatlari nimalardan iborat? 3. AQI fanining o’qitishdan asosiy maqsad nima? 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 28-январ, ПФ-60-сон 2022 — 2026 йилларда мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисидаги Фармони.Download 52.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling