1 Ma’ruza Reja
Download 344.79 Kb.
|
1-maruza 2-sem (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 .5 - rasm. Prujinali mayatnik
- 1.5 Fizik mayatnik Fizik mayatnik
1.4 Prujinali mayatnik
Garmonik tebranma harakat qiluvchi tizimlarga turli ko’rinishdagi mayatniklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Prujinali mayatnik – yuqori tarafi qo’zg’almas etib qotirilgan spiralli prujinaning pastiga ilingan m – massali yukchadan iboratdir (1.5 - rasm). 1.5 - rasm. Prujinali mayatnik Prujinaning massasi yukchaning massasidan juda kichik deb hisoblanadi. Shuning uchun uning massasi hisobga olinmaydi. Yukcha a holatda bo’lganida, yukning og’irligi bilan cho’zilgan prujinaning elastiklik kuchi muvozanatda ekanligini e’tiborga olamiz. Agar spiralli prujinani cho’zib, yukchani V nuqtaga siljitib qo’yib yuborsak, u holatda yukcha yuqori va pastga qarab tebrana boshlaydi. Demak, t vaqtda, yukcha V nuqtada bo’lganida yukchaga ta’sir etuvchi kuchni quyidagicha ifodalaymiz: , (1.4.1) Bu yerda k – prujinaning elastiklik kuchi, u yukning siljishiga (u) ga proporsionaldir. Agarda prujinali mayatnikning garmonik tebranishini hisobga olsak, (1.4.1) - ifodani (1.2.7) – ifoda bilan solishtirib quyidagi tenglikka ega bo’lamiz: , (1.4.2) Prujinali mayatnikning tebranish davri , (1.4.3) ga teng bo’ladi. 1.5 Fizik mayatnik Fizik mayatnik – bu og’irlik markazi S nuqtadan o’tgan, 0 o’q markazi atrofida tebranadigan jismdan iboratdir (1.6 - rasm). 1.6 - rasm. Fizik mayatnik Bu yerda 0 – tebranish o’qi markazi, S – tebranayotgan m – massali jismning og’irlik markazi, mg – jismning og’irlik kuchi, – fizik mayatnikning yelkasi. Agar mayatnik kichik burchakka og’dirilsa, mayatnikka qo’yilgan kuch momenti , (1.5.1) ga teng bo’ladi. Aylanma harakatning asosiy qonunini , (1.5.2) (1.5.1) va (1.5.2) – ifodalarni tenglashtirsak, quyidagi ifodaga ega bo’lamiz , (1.5.3) Bundan fizik mayatnikning siklik chastotasi ga teng bo’linishi ko’rinib turibdi. Fizik mayatnikning tebranish davrini quyidagicha ifodalash mumkin: . (1.5.4) Download 344.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling