1-ma’ruza. Reja
Download 276.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi dars mavzusining bayoni
Darsning borishi: Tashkiliy qism
dars xonasining sanitariya holatini kuzatish, davomat va talabalarning darsga tayyorligini tekshirish. Talabalarni o’tgan ma’ruza boshida bajargan ishlari (o’z – o’zini tekshirish savollariga javoblar va muammoli topshiriqlarni bajarish) natijalarini e’lon qilish. Yangi dars mavzusining bayoni (matn keltiriladi, matnda asosiy materialdan tashqari, avvalgi mavzularda o’rganilgan tushunchalar, tasdiqlar hamda mashhur olimlar haqida ma’lumotlarni o’zida mujassam qilgan glossariy ham keltiriladi va ma’ruzaning elektron variantida giperssilkalar yordamida ularning ekranda ko’rsatilishi ta’minlanadi). "EHTIMOLLIK VA STATIKA" FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI TASODIFIY HODISALAR. : : 2 Mavzuning asosiy mazmuni–ma’ruza muloqot uslubi vositasida talabalarga yetkaziladi. 1.1. Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimoliy konuniyatlari Ehtimollar nazariyasi hozirgi zamon matematikasining muhim tarmoqlaridan biridir. Ehtimollar nazariyasining elementlari XVII asr o’rtalaridan vujudga kela boshladi. Shu davrda qimor o’yinlari juda keng tarqalgan bo’lib, hatto matematikalarning ham e’tiborini o’ziga jalb qilgan edi. Bu o’yinlarda kuzatilayotgan hodisalar o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunishini bilgan Poygens, Paskal, Ferma, Yakov Bernulli kabi olimlar bu qonuniyatlarni har tomonlama o’rgandilar va ehtimollar nazariyasiga oid ehtimol, matematik kutilma va shunga o’xshash tushunchalarni kiritdilar.Ehtimollar nazariyasi taraqqiyotning keyingi bosqichi Muavr, Laplas, Gauss, Puasson kabi olimlarning nomlari bilan bog’liqdir. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ehtimollar nazariyasining rivojlanishida rus matematiklari V.Ya.Bunyakovskiy, P.L.Chebishev,A.A.Markov, A.M. Lyapunov, V.I. Romanovskiy, o’zbek olimlaridan T.A.Sarimsoqov, S.H. Sirojiddinov, T.Azlarov, Sh.Q.Farmanovning xizmatlari kattadir. Ehtimollar nazariyasi matematik statistikaning asosiy apparatigina bo’lib qolmay, bundan tashqari uning usullari ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasida, ishonchlilik nazariyasida, nazariy fizikada, biologiyada, geografiyada, matematik lingvistikada, ishlab chiqarishni planlashirish va optimal boshqarishda, texnologik prosessalarni analiz qilishda, maxsulotlarni sifatli nazorat qilishda va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri sinashlar va hodisalardir. Hodisalar odatda Z Y X C B A , , ..., , , , hariflar bilan belgilanadi. Download 276.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling