a) otdan sifat yasaydi: -siz, -dor, -simon,- iy, -viy, -kor, -in, -li, -chan, -siz, -
don, -i, -dor, -go’y….
hayosiz, puldor, maymunsimon, hajviy, devoriy, itoatkor, otashin, chiroyli,
ishchan, suvsiz, bilimdon, mazmundor, qishloqi, rostgo’y…….
b) fe’ldan sifat yasaydi: -qin, -g’in, -ik, -k, -choq, -chak, -ch, -oq, -gir, -kir,
-qir, -qur, -g’un, -qun, -uq, -chiq, -uk
sotqin, so’lg’in, o’lik, chirik, maqtanchoq, kuyunchak, tinch, qochoq, sezgir,
keskir, chopqir, uchqur, turg’un, buzuq, qizg’anchiq, tuzuk……
d) ravishdan sifat yasash: -gi, -ki….. bugungi, qadimgi, qishki, kechki,
dastlabki
-li sifat yasovchi: yog’li, uyli, odobli, kuchli….
-lik ot yasovchi: bolalik, yaxshilik, farovonlik…..
-simon o’xshashli ma’nosi: gulsimon, doirasimon,
-iy(-viy) xoslik ma’nosi: ilmiy, devoriy, hajviy, mafkuraviy….
-gi(-ki) payt bildiruvchi: kuzgi, qishki
— iy, — viy sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida so‘zlar yasalgan.
Namuna: ilmiy, ruhiy, ma’naviy, Fuzuliy, , hajviy, jismoniy, dunyoviy,
nasriy, aqliy, kimyoviy, Nizomiy, axloqiy, samoviy, Nasimiy, lisoniy, fazoviy,
mafkuraviy, ashyoviy...
Sifat yasovchi - li qo‘shimchasi -dor, -kor qo‘shimchalari va ba-old qo‘shimchasi bilan
sinonimik munosabatda bo‘ladi, shuning uchun ularni birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash
mumkin. Masalan, go‘shtli-go‘shtdor, gunohli-gunohkor, mazali-bemaza kabi; lekin doimo ham
ularni bir-biri bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, yurakli, kuchli so‘zlarini bayurak,
yurakdor, yurakkor, kuchdor, bakuch, kuchkor deb bo‘lmaydi.
Sifat yasovchi - siz qo‘shimchasi be-, -no old qo‘shimchalari bilan sinonimik munosabatda
bo‘ladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin. Masalan,
umidsiz, beumid — noumid; lekin ularni ham doimo bir-biri bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Masalan, aqlsizni beaql deyish mumkin, lekin noaql deb bo‘lmaydi. Shuningdek, nomard,
noma’lum singari so‘zlardagi no- old qo‘shimchasini be- old qo‘shimchasi va -siz
qo‘shimchasiga almashtirib bo‘lmaydi, chunki bu so‘zlar fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga tayyor
holda o‘tgan.
Hozirgi o‘zbek tilida yasalgan emas.
Tub va yasama sifatlarga ajrating?
Mashiq.1 . Yo'lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlaming tanga-tanga
barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. 2. Uning chaqnoq ko‘zlari,
siyrak qoshi, o‘ychanturishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi.
3. G‘iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. 4. Mehmon degan unaqa sergap
bo‘lmaydi,— dedi u ayyorlarcha kulib. 5. Bo‘m-bo‘sh otxonaning eshigi lang
ochiq turar edi. 6. Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi. Kechki
payt hujrada Bobuming yolg'iz o‘zi o‘tirar edi. 7 . Daryoga doimiy ravishda
irmoqlar kelib qo'shilibturmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. 8.
Shahzodaning dilini ma’yus, ammo har kungi mudhish tuyg‘ularga o‘xshamagan,
allaqanday pokiza hislar chulg‘ab oldi. 9. Dastlabki kunlar yo‘l unchalik
mashaqqatli bo‘lmadi. 10. Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashay- di. 11.
Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |