1-ma’ruza: sifat. Uning o‘ziga xos ma’nosi, morfologik xususiyatlari, sintaktik vazifalari. Belgini darajalab ko'rsata olishi sifat darajalari: oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlashishi. Sifat


SIFATLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI


Download 23.88 Kb.
bet7/7
Sana03.11.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1743983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Darajalari oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlas-fayllar.org

SIFATLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI 
1. SODDA SIFATBir asosdan iborat bo‘lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi. 
a) tub sifat: sifat yasovchi qo’shimchalar bo’lmatdi: qizil, sariq, shirin, go’zal, 

qizg’ish, oqish, katta, kattaroq, qoramtir 

b) yasama sifat: sifat ysaovchi qo’shimcha bo’ladi: sershovqin, mevali, erkin, 

qochoq, oysimon, achchiq.. 
2. QO‘SHMA SIFAT: Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar 


qo’shma sifatlar hisoblanadi.
Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi. Erksevar, ochko‘z, kulrang, 


mehmondo‘st, devqomat, sheryurak

3. JUFT SIFATLAR: O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft 

kelishidan hosil bo‘lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari 

chiziqcha bilan yoziladi. Qing'ir-qiyshiq, g‘adir-budur, egri-bugri, katta-

kichik 




ESDA TUTING. Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog‘lansa, ular 

ajratib yoziladi: yakka-yu yagona.
4. TAKRORIY SIFATLAR: Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil 


bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta’kidlab, 

kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qism lari chiziqcha bilan ajratib 

yoziladi. Katta-katta, yangi-yangi. 

Sifatlarni tahlil qiling: 
1. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. 2. Tuproq qatlami qalin, 
sersuv yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo'ladi. 3. Atrofdagi
hovlilardan ko'tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda 
suzadi. 4. Qo‘limda bitta sigir bor. Jonivor juda sersut, qaymog‘i suzsangiz bir
enlik keladi. 5. Bu bog‘lar ichida oq qizg‘ish, nafis, havorang marmardan qurilgan 
ko‘rkam binolar, ko'shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlana- di. 6.
Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. 7. Markaziy 
Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.

8. Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg'unlashib
ketgan. 9. Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag‘ishlaydi. 10. Ona yeming xushbo‘y 
tafti mast qiladi kishini. 11. U otasi Muzaffar Farmonovning bata mom aksi: dadasi
yum-yumaloq, baqaloq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. 12. Samig‘ aka elliklardan 
oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam 13. O’zbek xalqi
meh- mondo‘st xalq. 14. Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, 
toshlami osmonga irg‘itib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. 15. Osmono‘par
koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh 
bo‘ladi 16. Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi. 17. Shu payt toshdan tushib
kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko'rinib qoldi. 18. G‘ir-g‘ir 
shaboda turli- tuman giyohlaming hidlarini olib keladi. 19. Baland-past devorlar
orqasidagi mevalaming oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan. 20
Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan. 21. Qo'llari ketmon,
o‘roq, ayri ushlayverganidan g‘adir-budur, haqiqiy dehqon edilar. 22. Ba’zan plitka 
shokoladmi. arzon-garov qo g‘irchoqmi olib keladi. 23.Shag‘al to'kilgan o‘ydim-
chuqur yo‘ldan yurish it azobini bersa- da Yigitali chidadi. 
Sifat
Ma’no turi Tub yoki 

yasama
Sifat

darajasi
Asliy va 

nisbiy
Otlashish Tuzilishi 






http://fayllar.org
Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling