2. Ohang usul: Тarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan:
achchiq — a:chchiq, uzun — u:zun; chiroyli — chiro:yli kabi;
3. Leksik usul: Sifat oldidan juda, eng, bog’oyatda, g‘oyat, nihoyatda, behad
singari so‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan: yaxshi-juda (behad, g‘oyat, nihoyatda)
yaxshi kabi.
1. Hamma yoq top-toza. 2. Yomg‘irda cho’ milgan ko‘z ilg‘amas ulkan bog‘,
qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yanada
go‘zalroq, yanada so‘limroq ko'rinardi. 3. Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek
bo‘lsa ajabmas. 4. Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko‘ngilchan, zahmatkash
ayol
4) Ozaytirma darja: Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl
sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi.
1) Leksik usul: sifat oldidan sal, picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so‘zlarni
keltirish yo‘li bilan: to‘la — sal to‘la, achchiq — ozgina achchiq;
2) Sintaktik usul : sifat oxiriga — roq, — (i)sh, (i)mtir qo‘shimchalarini
qo‘shish orqali: sariq— sariqroq (sarg‘ish, sarg‘imtir) kabi.
Bular ichida — roq qo‘shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so‘zlari bilan
sinonim bo‘lib keladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining o‘rnida
ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, biroz qizil,
och qizil kabi.
1. Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. 2. Maxsum
kichkinagina, ozg‘in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamal- ab
bo'lmaydigan bir odam edi. 3. Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo‘ldi yigitcha.
Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg'ish soch-u oppoq yuz.
Do'stlaringiz bilan baham: |