1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


- mashq. O‘qing. O‘tgan zamon fe’li shakllarini aniqlang; o‘tgan zamon hikoya, o‘tgan zamon davom, o‘tgan zamon maqsad fe’llarini guruhga ajratib yozing


Download 410.61 Kb.
bet190/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

248- mashq. O‘qing. O‘tgan zamon fe’li shakllarini aniqlang; o‘tgan zamon hikoya, o‘tgan zamon davom, o‘tgan zamon maqsad fe’llarini guruhga ajratib yozing.

1. Lashkar qirg‘oqqa joylashdi. (L. Batь.) 2. Iskandar hind podshohini o‘ziga bo‘ysundirmoqchi, o‘z dini va hukmronligini unga qabul ettirmoqchi bo‘ldi. (“Kalila va Dimna”dan) Zo‘r bir mardlik qilibsan, Lekin bekor kelibsan. (H. O.) Seni deya qavmu qarindosh Ixtiyorim olgan ekanlar Va kishanga solgan ekanlar. (H. O.) 5. Vaholanki, siz, xotin kishining topgani nima bo‘lardi, xotini boqayotir, degan isnodga tobim bor ekanmi, deb firoq qilib yurgan emishsiz. (A. Muhiddin.) 6. O‘z rolingni tushunibsan g‘oyat haqqoniy. (H. G‘.) 7. Botirjonni otasi podshoning eng usta qilichbozlaridan biriga shogird qilib beribdi. U ustozidan qilichbozlikni, yoyandozlikni va nayzabozlikni ham, kurash tushishni ham o‘rganibdi. («Gulpari».) 8. Yaqindagina dam olib olgan navkarlar safar daragini eshitib quvonar edilar. Navkarlar sovutlarini yarqiratib tozalashar, naqsh solib egarlarini tartibga solishardi. (L. Batь.)





Download 410.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling