1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Download 410.61 Kb.
bet192/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

250-mashq. O‘qing, hozirgi zamon fe’llarini topib, turini anihlang. «Hozirgi zamon davom fe’li» va «Hozirgi-kelasi zamon fe’llari»ni ikki ustun shaklida yozib, yasalishi va tuslanishini tushuntiring.
Tekislikka yoqqan yomg‘ir tog‘ tepasiga qor bo‘lib tushgan ekan... Tog‘ning yarmidan pasti yomg‘irdan keyin qorayib, xiyol bug‘lanib turadi va uncha aniq ko‘rinmaydi.

Tekislikning uzoq chetidan chiqib kelgan yuk mashinasi shu toqqa qarab jadallab boryapti.

Shag‘al yotqizilgan yo‘lda yomg‘ir ko‘lmaklari uchraydi. G‘ildiraklardan sachragan suv bort taxtasiga shatirshutur uriladi va yo‘l bo‘yida ochilgan lolaqizg‘aldoqlarni jimgina silkitib o‘tadi. (P.Qodirov)


251-mashq. O‘qing, kelasi zamon fe’llarini topib, turini aniqlang va «Kelasi zamon gumon fe’li», «Kelasi zamon maqsad fe’llari»ni ikki ustun shaklida yozib, shaxs-son affikslari tagiga chizing.
1. Men Hirotga Sulton Husayn Boyqaro hazrat oliylarining amri bilan to‘ppa-to‘g‘ri jang maydonidan keldim. Ulug‘ sulton o‘z fuqarolarini baxtiyor va badavlat qilmoqchilar, adolat yo‘li bilan mamlakatni gullatib-yashnatmoqchilar; yordamga muhtoj bo‘lgan har bir kimsaga ko‘maklashmoqchilar. (L. Batь.) 2. Meni kutgil va men qaytarman O‘limlarni qoldirib dog‘da. 3. Faqat agar unasang, Yana bir shart qo‘yardim. (H. O.) 4. Kim biladi, balki Mirhaydar otamni ham oyog‘idan chalar bir kun...(O.) 5. Men sizni bir marta himoya qilarman, ikki marta himoya qilarman, oxir-oqibatda himoya qilolmay qolishim mumkin. (S.Ahm.) 6. Azizjon hech qanday ilmiy asosga suyanmagan holda paxtachilikka yovvoyi pushtni kiritmoqchi. (O‘.Usm.)


Download 410.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling