1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Download 410.61 Kb.
bet189/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

1-ilova

3.Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to‘liq va mukammal bo‘lishi o‘qituvchi va talabalar tomonidan qatьiy nazoratga olinadi.)

247-mashq. O‘qing. Fe’l zamonlarini aniqlang. Yaqin va uzoq o‘tgan zamon fe’li ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib, zamon ma’nosinn ifodalovchi affiks tagiga to‘g‘ri, tuslovchi (shaxs-son) affiks tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
I. Har faslning o‘z quvonchi bor. Qish ham kattadan-kichik hammaga bir olam shodlik baxsh etadi. Ikki kundan buyon muzdekkina qish farishtasi shahar ustida kezib, elagini silkitar, quloq-burni qizargan odamlar “Yangi yilbop qor bo‘lyapti-da”, deb kulishar, havoda musaffo chilla isi kezar edi. Kinoteatrlar, madaniyat saroylarida ta’tilga chiqqan bolalarning kulgisi yangraydi. Katta maydonlarda archalar bezatildi.

Yilning so‘nggi oqshomida Toshkent yashnab ketdi. Katta binolar peshtoqida son-sanoqsiz lampochkalar marjoni porladi, archalar nurga belandi. Oziq-ovqat magazinlari tirband bo‘lib ketdi. Sumka, to‘rxalta ko‘targan odamlar uy-uyiga shoshishar, tanish-bilishlarini ko‘rib, bayram bilan qutlashar edi. (O‘. Hoshimov)

II. 1. U sultonning o‘ng qo‘li ekanligini ta’kidlamaslik uchun jo‘rttaga boshqalardan keyinroq kelgan edi. Har vaqtdagidek u o‘zini kamtar va xushmuomala tutdi. (L. Batь.) 2. Onaning dili o‘g‘lining yuziga tepib chiqqan alamli norozilikni darrov sezgan edi. (S. An.) 3. Tug‘ilib o‘sgan shahrini u allaqachon tark etgandi. (L. Batь.) 4. Odamlarning ko‘ziga tushmaslik uchun kun bo‘yi yong‘oqzorda dam olishib, namozgarda yana yo‘lga tushishgan. (O. Yo.)



Download 410.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling