1-ma’ruza. Strategik boshqaruv fanining predmeti va boshqaruv jarayoni reja


Download 0.66 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1569475
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza.Strategik boshqaruv

Strategiya tushunchasi

O’zining eng oddiy shaklida, strategiya bu maqsad va harakatlarni birlashtiradigan g’oya hisoblanadi. De Wit and Meyer (1998), ga ko’ra, strategiya tashkilotning maqsadlariga erishishi uchun harakatlarning har qanday yo’nalishidir. Alfred Chandler, birinchi zamonaviy strategiya nazariyachisiga ko’ra, biznes sohasida strategiya korxonaning asosiy, uzoq muddatli maqsadlarini aniqlash, harakatlar yo’nalishini qo’llash va bu maqsadlar uchun kerak bo’ladigan resurslarni ajratish (Chandler, 1962: 13).

Strategiyaning 4 ta elementi

Imkoniyatlar

Niyat

Resurslar harakati

Tizimli faoliyat

Strategik boshqaruv

Strategik boshqaruv korxonani o’zining maqsadlariga erishishiga imkon beradigan qarorlarni shakllantirish, amalga oshirish va baholash san’ati hisoblanadi. Strategic management menejment, marketing, moliya, buxgalteriya, ishlab chiqarish, tadqiqotni birlashtiradi. Strategik rejalashtirish atamasi bilan birga keladi. Strategik menejment strategiyani shakllantirish, amalga oshirish va baholashni, strategik rejalashtirish esa faqat strategiyani shakllantirishni o’z ichiga oladi. Strategik menejmentning maqsadi kelajak uchun yangi va turli imkoniyatlarni yaratish va undan foydalanish.

Strategik boshqaruv vazifalari

  • “Biz nima qilmoqchimiz va qayerga qarab ketyapmiz?” kabi muhim savolga javob berishda yaxshiroq ko’rsatma beradi
  • Moliyaviy va boshqaruv faoliyatini yaxshilash yo’nalishini belgilaydi
  • O’zgarishlarga, yangi imkoniyatlar va tahdid soluvchi qiyinchiliklarga tayyor turish.

Strategiya tuzish bosqichlari:

Strategiya turlari

Ko’zda tutilgan strategiya korxona tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan strategiya.

Favqulotda strategiya kutilmagan imkoniyatlar va yoki qiyinchiliklarga javoban vujudga keladigan rejalashtirilmagan strategiya.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling