1-ma’ruza. Strategik boshqaruv fanining predmeti va boshqaruv jarayoni reja


Download 0.66 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1569475
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza.Strategik boshqaruv

1-ma’ruza. Strategik boshqaruv fanining predmeti va boshqaruv jarayoni

reja:

  • Strategiya tushunchasi, uning mazmuni
  • Strategik boshqarish maqsadi3.
  • Strategiyani belgilashga ta’sir etuvchi omillar.
  • Strategik boshqarishning besh vazifasi.5.
  • Turli darajadagi menejerlar va ularning vazifalari

“Tashkilot strategiyasiz xuddi rulsiz kemaga o’xshaydi, aylanaveradi. Uysiz inson kabi boradigan joyi bo’lmaydi”

—Joel Ross and Michael Kami

Strategy formation is judgmental designing, intuitive visioning, and emergent learning; it is about transformation as well as perpetuation; it must involve individual cognition and social interaction, cooperative as well as conflictive; it has to include analysing before and programming after as well as negotiating during: and all this must be in response to what may be a demanding environment.

(MINTZBERG AND L AMPEL , 1999: 27)

Strategiya nima?

Strategiya bu raqobatchilarga qaraganda korxona faoliyati muvaffaqiyatini oshirish uchun menejerlar tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar majmuidir. Agar korxona strategiyasi muvaffaqiyatli faoliyatiga ta’sir qilsa, u raqobat ustunligiga ega deb hisoblanadi.

Strategiya korxonaning maqsadlarini amalga oshirish yo’nalishini belgilaydigan reja hisoblanadi.

Menejment nima?

Menejmentning ko’p ta’riflari mavjud: biznes missiyasini va maqsadlarini amalga oshirish hamda eng zo’r natijalarga erishish uchun qilinadigan faoliyatdir. Qisqacha aytganda, strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayonidir.

Kelib chiqishi

Tarixi Yunon va Xitoy harbiylariga borib taqaladi. Strategos qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib, armiya yoki uning sardori degan ma’noni bildiradi. Bu so’z Nemis harbiylari tomonidan 19-asrda yana fanga yangilanib kiritildi. Urushda umumiy maqsad aniq, dushmanni zabt etish, ular ustidan g’alaba qozonish. Strategiya buni amalga oshirishning vositasi, yo’nalishini belgilaydi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling