1-ma’ruza. Strategik boshqaruv fanining predmeti va boshqaruv jarayoni reja


Download 0.66 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1569475
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza.Strategik boshqaruv

Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad - bu firma boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi daqiqasidir.

Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aksionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik firmaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristikalarini va uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.

Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi


Firmaning biznesini aniqlash
Uning asosiy maqsadlarini belgilash
Korporativ falsafani aniqlash

Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruhlar ta’sir ko’rsatadi


Ichki guruhlar
Menejerlar
Direktorlar kengashi
Aksionerlar
Yollanma ishchilar
Maqsadni belgilash
Biznesni aniqlash
Bosh tizimlar
Biznes falsafasi
Tashqi guruhlar
Iste’molchilar
Hukumat
Kasaba uyushmalari
Raqobatchilar
Vazifa va mavqeidan kelib chiqib strategiyani ifodalash

Maqsadlarni qo’yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning o’lchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro’sini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling