1-ma’ruza. Strategik boshqaruv fanining predmeti va boshqaruv jarayoni reja


Amalga oshirilgan strategiya korxona tomonidan realizatsiya qilingan, qo’llanilgan strategiya, u ko’zda tutilgan, favqulotda strategiyalar natijasidir


Download 0.66 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1569475
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza.Strategik boshqaruv

Amalga oshirilgan strategiya korxona tomonidan realizatsiya qilingan, qo’llanilgan strategiya, u ko’zda tutilgan, favqulotda strategiyalar natijasidir.

Realizatsiya qilinmagan strategiya ko’zda tutilgan strategiyaning amalga oshirilmagan qismi hisoblanadi.

STRATEGIK KO’RISH NIMA?

Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shug’ullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’g’ri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, har bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.

Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash quyidagi 3 ta jihatdan iborat:

1) kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish;

2) kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan tushuntirib berish; 3) kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish haqida o’z vaqtida qaror qabul qilish;

Faoliyat doirasini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni hisobga olish lozim:

  • aholining ehtiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak?
  • xaridorlar guruhi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz?
  • texnik va funksional ijro, ya’ni xaridorlar ehtiyojini qanday qondiramiz?
  • Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi:

  • umumiy
  • Detallashtirilgan
  • Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, sayohatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni tunda yetkazib berish, Karib dengizida plyaj tashkil etish

Strategik maqsad


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling