1-ma'ruza. Sun'iy intellektning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari. R eja
Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari
Download 0.65 Mb.
|
1-маъруза(Asosiy tushun-26.11.21)
2. Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari
1200 yillardayoq, sun'iy odam va uning aqlini yaratish uchun urinishlar bo'lgan. Ixtirochi Raymond Lullius turli tushunchalarni, tabiiy hodisalani, sub’yektlar va ob’yektlarni ramzlarini anglatuvchi harflar bilan belgilangan va turli ranglarga bo’yalgan doiralardan tashkil topgan mashinani ishlab chiqqan [4]. Mantiqiy amallar yordamida ularning turli kombinatsiylaridan "bilimlar formulalari" hosil qilindi. 20-asrning 40-yillarida, elektron hisoblash mashina(EHM)larning paydo bo'lishi, sun'iy intellektning rivojlanishiga sezilarni ta’sir ko’rsatdi. SIsohasidagi tadqiqotlar ikkita maqsadga yo’naltirilgan [4]: Tabiiy intellektning mohiyatini tushuntirish (inson intellekti); 2) Yangi bilimlarni qayta o’zgartirish va intellektual masalalarni echish uchun mashina intellektini qo'llash. Birinchi maqsadni psixologlar amalga oshiradilar. Ular masalani echishda inson harakati modelini nazorat qiladi va uni tuzatadilar. Ikkinchi maqsadni tadqiqotchi bajaradi. U odamlar foydalanadigan usullardan qat'iy nazar, tizimning intellektual xatti-harakatini sintez qiladi Bu maqsadlarga muvofiq, sun'iy intellekt, ikki asosiy qismga bo'linadi: neyrokibirnetika va kibernetika "qora quti" [4]. Birinchi yo’nalish ta’kidlaydiki, faqat inson miyasi fikrlash qobilyatiga ega, shuning uchun ixtiyoriy mashina inson miyasining strukturasi va unug ishlash prinsipini bajarishi lozim. 1950-yillarning oxirida Amerika olimlar U. Mack Kalok, U. Pitts, F. Rosenblatt tomonidan birinchi neyrotarmoqlar va neyrokompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi va ular hozirgi davrda SITning neyrokompyuterlar yo’nalishini tahkil etadi. Ikkinchi yo'nalish fikrlaydigan qurlmalaning hatti-xarakati prinsiplarini emas, balki ularning ishlashini modellshtirish, ya’ni intellektual masalalarni echish algoritmlarini izlash, boshqacha qilib aytganda qurilmalar inson miyasi kabi fikrlashi emas, balki shaxsiy fikrlash modellariga asoslanishi lozim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling