1-ma'ruza. Sun'iy intellektning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari. R eja


Download 0.65 Mb.
bet4/9
Sana22.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1715798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза(Asosiy tushun-26.11.21)

Ikkinchi bosqichda asosiy e’tibor (70-yillarning boshidan to 80-yilgacha) intellektual robotlar (real uch o`lchovli muhitda mustaqil holda harakat qiladigan va yangi masalalarni yechadigan robotlar) qurishga qaratildi. Stenford universitetida va Stenford ilmiy tekshirish institutida va boshqa ba’zi bir joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan tajribaviy robotlar ishlab chiqildi.
Bu borada intellektual funksiyalarning kerakli doirasi: maqsadga yo`naltirilgan xulq(holat)ni ta’minlash, tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish, harakatlarni tashkil etish, o`qitish, odam va boshqa robotlar bilan muloqotni uyushtirish tadqiq qilindi va amalga oshirildi. Masalan, robotlarda maqsadga yo`naltirilgan xulq(holat)ni ta’minlash uchun ular atrof-muhit haqida bilimlar majmuasiga ega bo`lishi zarur. Bu bilimlar robotga tashqi muhit modeli ko`rinishida kiritib qo`yilishi lozim. Robotning tashqi muhit modeli - bu o`zaro bog`langan ma’lumotlar yig`indisi bo`lib, bu ma’lumotlar mos sinfdagi masalalarni yechish uchun kerak. Robotning bilimlar tizimiga muhitning o`zgarishini qayta ishlab chiquvchi va shu asosda navbatdagi masalani yechishga imkon beruvchi algoritmlar hamda bu rejaning bajarilishini va oldindan rejalashtirilgan harakatlarning kutilayotgan natijalarini nazorat qiluvchi algoritmlar kiritilishi kerak. Demak, intellektual robotlar bilimlar manbaiga ega bo`lishi shart. Bu bilimlar manbaida bilimlar va «Reja tuzuvchi» maxsus blok saqlanadi. «Reja tuzuvchi» blokning zimmasiga robotning harakati dasturini tuzish yuklangan. Bu harakat dastiri robot tomonidan qabul qilinadi va robotning ko`rish vositasi(sensor) tizimi orqali kuzatiladi. Robotning ish jarayonida «Yechuvchi blok» bo`lishi kerak. Bu blok robotning harakati to`g`risidagi yechimni qabul qiladi. Har ikkala blok bilimlar manbaida saqlanuvchi bilimlar asosida ishlaydi. Bu bosqichda ayrim muammolar aniqlandiki, intellektual robotlar yaratishda ularni hal etish zarur. Shunday muammolarga faoliyat ko`rsatadigan muhit haqidagi bilimlarni tasavvur etish, ko`z bilan ko`rganlarni o`zlashtirish, o`zgaruvchan muhitda robotlar xulqi(holati)ning murakkab rejalarini tuzish va robotlar bilan tabiiy tilda muloqotda bo`lish kiradi.
1970 - yillarning boshlarida A. Nyuel va G.Saymonlar fikrlashni modellashtiradigan dasturni tuzish uslubini taklif etdilar.
1973 yilda Wuds LUNAR tizimini yaratdi, bu esa geologlarning oydan olib kelingan toshlarning namunalari bo'yicha tabiiy tilda savollar berishiga imkon berdi [1-4].
1973 yilda A. Kolmeroe AQSh, Yevropa, Rossiyada ommalashgan mantiqiy dasturlash tili - Prolog tilini yaratdi. Keyinchalik FRL, KRL, GUS mantiqiy dasturlash tilllari ishlab chiqildi.
Yaqin vaqtlarga qadar murakkab intellektual o’yinlarga yaqqol misol sifatida shaxmat qaralgan. 1974 yilda dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan mashinalar o’rtasida xalqaro shaxmat musobaqasi o’tkazildi. Bu musobaqada shaxmat dasturi bilan ta’minlangan sovet (Rossiya) mashinasi "Kaissa" g’alaba qozondi.
Keyinchalik E. Feigenbaum, B. Bukxenen, E. Shortliff MYCIN ekspert tizimini ishlab chiqadi [1-4]. Unda qonda yuqumli kasalliklarni aniqlashga imkon beradigan 450 ga yaqin qoidalar mavjud. MYCIN - ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ekspert tizim.
1979 yilda "PROSPECTOR" ekspert tizimi yaratilgan (1-4). PROSPECTOR foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ekspert tizim hisoblanadi.
SI sohasidagi navbatdagi tadqiqotlarning rivojlanishiga predikatlar mantiqi teoremalarini isbotlashga asoslangan Robisonning rezolyusiya usulining paydo bo’lishi ta’sir etdi. Bu tadqiqotlarning maqsadi-inson echadigan masalalarni huddi insonga o’xshab echadigan dasturlarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling