1-ma'ruza. Sun'iy intellektning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari. R eja


Download 0.65 Mb.
bet5/9
Sana22.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1715798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза(Asosiy tushun-26.11.21)

Uchinchi bosqich (1980 -yillar boshi) idrok etuvchi, dinamik muhitda murakkab rejalarni amalga oshiruvchi, bilimlarni tavsiflovchi, inson bilan tabiiy tilda muloqot qiluvchi robotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq.
Sanoatda qo'llanadigan birinchi IT 1982 yilda McDermott tomonidan ishlab chiqilgan K1 ekspert tizimi edi. K1 tizimi VAX oilasining kompyuter tizimlarini sozlash uchun ishlatilgan. Digital Equipment Corporation tomonidan Carnegie Mellon (AQSh) universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tizimning tijorat versiyasi XCON deb nomlandi. 1986-yilga kelib ushbu tizim korporatsiyasi yiliga 70 million dollar tejash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizimni qo'llash natijasida xatoliklar soni 30% dan 1% gacha qisqardi[1-4].
1981 yilda Yaponiyada SI tamoyillariga asoslangan 5-avlod mashinalari uchun loyihaning boshlanishi haqida xabar berildi. Ushbu loyiha SI sohasida ko'plab mamlakatlarda tadqiqotlarning jadallashtirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
1985 yildan boshlab, ekspert tizimlar, undan keyin tabiiy tillarni (EYa-tizimlari) tushunuvchi tizimlar, so'ngra neyron tarmoqlar (NS) tijorat ilovalarida faol qo’lanila boshladi.
SITlarini ishlab chiquvchilariga savdodagi muvaffaqiyatlar darhol kelmadi. 1960-1985 yillar mobaynida SIning yutuqlari asosan SITni amaliy masalalarni echishga qo’llashdagi muvaffaqiyotlari bilan bog’liq.
1986-1996 yillarda SI sohasidagi tadqiqotlarda mustaqil yo’nalish sifatida ekspert tizim(ET)lar yoki bilimlar injeneriyasi shakllandi [1-4]. Bu yo’nalishdagi masalalarga inson-ekspertga qiyin tyulgan, y’ni bilimlarga va masalani echish uchun xulosalash proseduralariga asoslangan dasturlar yaratish va tadqiqotlar olib boorish kabilar kiradi.
Foydalanuvchilar tomonidan ekspert tizimlarga qiziqish asosan uchta factor bilan belgilanadi [4]:
• ET lar shunday masalalarni echishga mo’ljallanganki, qachonki uhbu masalalarning echimi mavjud bo’lmasa yoki echish algoritmi nomalum bo’lsa;
• ET foydalanuvchiga shunday sharoit yaratadiki, foydalanuvchi dasturlashni bilmasa ham, o’zining tajribasi va bilimidan foydalanib masalani mustaqil ishlab chiqadi;
• ET shunday natijalarni olishga imkoniyat yaratadiki, bu natijalar inson-ekspert natijalaridan qolishmaydi, ba’zi hollarda inson-ekspert imkoniyatlaridan yuqoriroq natijalarga erishadi.
Bu davr oddiy ET larning yaratilganligi va integralli ETni yaratishning boshlanishini o’z ichiga oladi.
1996-2000 yillarda SI sohasidagi tadqiqotlarda integrallashgan va gibrid prinsiplariga asoslangan tizimlar yaratildi va shakllandi [1-4]. Bu tizimlarning asosi - bilimlar bazasi, bilimlarni avtomatik olish, deduktiv, abduktiv va noravshan mantiqiy xulosalash, muammoli-yo’naltirilgan muloqot tili, statik va dinamik axborotlarni qayta ishlash kabilar hisoblanadi.
1990-yillardan boshlab SIda asosan ikkita yo’nalish ustunlik qilmoqda: integratsiyalashuv (o'zaro birlashuv) va detsentrallashuv (markazlahgan tizimdan markazlashmagan tizimga o'tish) [13,16].
Integratsiyalashuv jarayonlar SIning turli modellarini, masalan noravshan ET va neyron tarmoqlarni o’zida birlashtiruvchi integrallashgan va gibrid tizimlarini yaratish bilan bog’liq. Bunday integrallashgan tizimlarda bilimlarni tavsiflashning turli modellari, fikrlashning turli shakllari, idrok etish va timsollarni anglash modellari o’z aksini topadi.
Detsentrallashuv jarayonlar SIda bir-biri bilan o'zaro bog’langan ko’p sonli intellektual agentlarning jamoaviy hatti-xarakati nuqtai nazaridan qaraladi.
Agent quyidagilarni amalga oshiradi [11]:
• boshqa agentlarga ta’sir etadi;
• o’zining shaxsiy maqsadlarini tashkillashtiradi;
• boshqa agentlar bilan muloqot qiladi;
• o’zini nazorat qiladi;
• muhitning lokal tavsifini quradi;
• vazifasini bajaradi va xizmat ko’rsatadi.
XXI asr boshlanishi SIning o’zini-o’zi o’rgatadigan, moslashuvchan, o’zida neyron tarmoqlarni va bilimlarni tavsiflash modellarini birlashtiruvchi gibrid tizimlar uchun intellektual muloqotli tizimlarni yaratish va tadqiqotlar olib borish bilan xarakterlanadi.
SITlarining hozirgi davrgacha va kelajakdagi vaqtli taqvimi 1.2-rasmda keltirilgan.

1.2-rasm. Sun’iy intellektning vaqtli taqvimi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling