1-ma’ruza. Ta’lim vositalari ta’lim texnologiyasining tarkibi. Axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi. Axborot tizimlari va axborot texnologiyalari. Axborot texnalogiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi Reja


Download 153.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi153.06 Kb.
#1764277
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza



1-ma’ruza. 
Ta’lim vositalari - ta’lim texnologiyasining tarkibi. Axborot texnologiyasi 
tushunchasi va klassifikatsiyasi. Axborot tizimlari va axborot texnologiyalari. 
Axborot texnalogiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi 
Reja: 
1.Axborot tizimlari haqida tushuncha. 
2.Axborot texnalogiyalari va ularni turli xil sohalarda ishlatilishi. 
3.Zamonaviy axborot tizimlari va ularning ishlatilishi. 
. Тizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo`lida bir vaqtning o`zida ham 
yaxlit, ham o`zaro bog`langan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi elementlar (ob`ektlar) 
majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo`lida 
xizmat qiladi. Masalan, sizga ma`lum bo`lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi
insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun`iy yaratilgan va 
tabiiy tizimlarga misol bo`la oladi. Ularning xar biri tizimga qo`yiladigan barcha 
shartlarga javob beradi, ya`ni, har biri o`ziga xos yagona maqsad yo`lida faoliyat 
ko`rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat. 
Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish 
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan 
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot 
tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar 
bazasi axborot resurslarini tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish 
to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining 
axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda 
jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi. 
• 
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining 
xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. 
• 
Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan 
biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy 


loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim 
faoliyatining samaradorligini oshirishdir. 
• 
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat 
siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini 
rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga 
olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy 
axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, 
tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi 
• 
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni 
(11.12.2003 yil) 19-moddasida ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot 
tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-
moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy 
munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining 
mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar 
yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va 
jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z 
ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini 
ta’minlashi shart”, deb alohida ko‘rsatilgan. 
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
• 
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
• 
- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga 
oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar; 
• 
- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot 
tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar; 
• 
- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga 
xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari; 
• 
- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, 
saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar; 


• 
- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari; 
• 
- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar
• 
- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish 
tizimlari)ga oid quyi tizimlar; 
• 
- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot 
yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan 
quyi tizimlar; 
• 
- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar; 
• 
- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi 
xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar 
Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka 
ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material 
mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan 
foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'ektining dastlabki, boshlang'ich 
holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga 
keltiradi 
Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat 
jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning 
usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. 
• 
Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan 
ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash 
va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. 
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va 
boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "uskunalari", 
vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshka vositalardir. Bu 
vositalar orkali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga 
ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. 
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo'llanishiga 
urg'u berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya 
haqida gapirishadi. 


• 
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar 
va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "uskunalari", 
vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshka vositalardir. Bu 
vositalar orkali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga 
ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. 
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo'llanishiga 
urg'u berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya 
haqida gapirishadi. 
Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan 
bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud 
bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, 
amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir. 
• 
Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot 
tizimlari bilan bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida 
mavjud bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi 
operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan 
jarayondir. 
Axborot 
texnologiyalari 
jamiyat 
axborot 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo'lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha 
evolyutsion bosqichlarni bosib o'tdi. Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib 
o'tamiz. 
Axborot 
texnologiyalari 
jamiyat 
axborot 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo'lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha 
evolyutsion bosqichlarni bosib o'tdi. Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib 
o'tamiz. 
• 
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bo' 
bosqichda "Qo'llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, 
siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya'ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali 
xat vositasida amalga oshirilgan. 


• 
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivoj 
topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo'lib, "Elektromexanik" texnologiyalar 
bilan farq qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan 
foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o'zgardi. Unda 
asosiy urg'u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shaqllantirishga 
ko'chirildi. 
4-bosqich. XX asr o'rtalariga to'g'ri qelib, "Elektron" texnologiyalar 
qo'llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular 
asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash 
tizimlaridir. 
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki 
va tashqi omillar mavjud. 
• 
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi 
ichki va tashqi omillar mavjud. 
• 
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, 
xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlsh va 
h.k. 
• 
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy 
vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalgam oshirishni bildiradi. 
5-bosqich. XX asr oxiriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" 
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga 
mo'ljallangan dasturiy vositalarga ega bo'lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu 
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo'ljallangan texnik 
vositalarning o'zgarishi ro'y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila 
boshlandi. 
• 
5-bosqich. XX asr oxiriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" 
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga 
mo'ljallangan dasturiy vositalarga ega bo'lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu 
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo'ljallangan texnik 


vositalarning o'zgarishi ro'y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila 
boshlandi. 

Download 153.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling