1-ma'ruza. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ulaming arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish chiqarish qurilmalari
Download 264.64 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-reja. Zamonaviy kompyuterlar va ulaming arxitekturasi. 3-reja. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari.
1-ma'ruza. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari . Zamonaviy kompyuterlar va ulaming arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. 1-reja. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari . 2-reja. Zamonaviy kompyuterlar va ulaming arxitekturasi. 3-reja. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Axborotlashtirish faoliyatining rivojlanishida ularni yig’ish, saklash, qayta ishlash va jamiyat da ilmiy axborotlarni tarqalishi natijasida yangi ilmiy yo’nalish — informatika vujudga keldi. XX asrning 50- yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika termini fransuz so'zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo'lgan. Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir.Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir.emak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan. Informatika tavsifi. Informastiya iste’molchisi - axborotni kaerda va kaysi anik masala uchun ishlatilishi, foydalanish turi va vazifasiga karab unga baxo beradi. Shunga ko’ra informatikani progmatik, semantik va sintaktik jabxalarga ajratish mumkin. Fanni o‘qitishdan maqsad - zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxs iy komp’yuterlar va ulaming atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web- dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qu rol lantirishdan iborat. Informatika va axborot texnologiyalari fanining vazifasi: - informatika va axborot texnologiyalari haqida bir butun tasawur hosil qilish; - informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyat ning rivojidagi rol ini ochib berish; - informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish; - axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qoMlash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalariga quydagi talablar qo‘yiladi: - zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalari kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari va ulaming turli sohalarda qo‘llanilishi, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijoratga doir bilimga; - axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o'lchovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, algoritmlash va dasturlash, vizual dasturlash texnologiyalari, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, tarmoq resruslari, axborot tizimlari, ulaming mohiyati, qoMlanilishi va vazifalari, elektron hujjat aylanishi tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlami himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan, elektron tijoratlardan foydalanish ko‘nikmasiga; -axborotlarga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, operasion tizimlar, xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, dasturlash tillari va vizual dasturlash orqali dastur tuzish, amaliy dasturlar bilan ishlash (matnli, elektron jadval, taqdimotlar, grafik, ma’lumotlar bazalari va ulami boshqarish tizimlari), kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, turli veb sahifalar yaratish dasturlari bilan ishlash, elektron hujjat aylanishi tizimi, zamonaviy multimedia tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish malakasiga ega Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular- ning tashqi ko‘rinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (ya’ni apparatli ta’minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har qanday kompyuterning apparatli ta’minoti asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlar beradi. Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo‘shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web- kamera va boshqalar misol bo‘ladi. Sistema bloki, asosan, g’ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat. Download 264.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling