1-ma’ruza. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar va islohotlar
Ona tilidan fanga oid kompetensiyalar
Download 276.8 Kb.
|
3.1. Zamon yondashuvlar(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotdan fanga oid kompetensiyalar
Ona tilidan fanga oid kompetensiyalar
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so`zlash, o`qish, yozish): Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid): Adabiyotdan fanga oid kompetensiyalar Adabiy-nutqiy kompetensiyalar. Badiiy asarni tahlil (analiz, sintez) qilish kompetensiyasi. Ishni nimadan boshlash kerak? Mashg’ulotlarni olib boradigan pedagog o`qituvchi mazkur fandan kompetentlik yondashuviga asoslangan DTS va o`quv dasturini sinchiklab o`rganib chiqishi kerak. Bunda har bir o`quv fani bo`yicha shakllantirilishi zarur bo`lgan tayanch va fanga oid kompetensiyalarni o`quvchilar yoshi, psixo- fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda sinflarga taqsimlab chiqilishi zarur. Hozirda bu ish o`quv dasturlarida keltiriladi. Lekin mazkur kompetensiyalar yarim yillik va yil oxiridagi natija ko`rinishida berilmoqda. Shunga ko`ra pedagog ularni taqvim mavzu rejada maydalab ko`rsatishi zarur bo`ladi. Shu bilan birga o`quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda qo`llaniladigan samarali usul, metod va texnologiyalarni tanlashlari kerak bo`ladi. O`quvchilarda ushbu kompetensiyalarni shakllantirishda ularning qiziqishi, ehtiyojini hisobga olish zarur. Buning uchun esa o`qituvchi tomonidan pedagogik tashxis o`tkazish yaxshi natija beradi. Tashxislar ishonarli va to`laqonli bo`lishi uchun ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
tashxislash ishiga ta’limning barcha ishtirokchilari (ota-onalar, fan o`qituvchilari, sinfdoshlar) jalb etilishi kerak; tashxislashni iloji boricha turli usullar-so`rovnoma, suhbat, kuzatish, test, o`z-o`zini tashxislash orqali o`tkazish lozim; qayta aloqa bo`lishi va baholash jarayoni doimiy ravishda muhokama qilinishi kerak; shaxsiy xarakterlari hisobga olinishi kerak. Bunda o`tkazilgan tashxis natijasi oldingisi bilan solishtirilishi va ijobiy(salbiy) o`zgarishlar e’tirof etilmog’i lozim; tizimlilik, tashxislash butun o`quv yilini qamrab olishi kerak; barcha o`quvchilar, ularning ota-onalari, mutaxassislar va boshqalarga o`quvchilar nimalarni bilishi, qanday ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi oshkor bo`lishi kerak. Download 276.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling