Ona tili va adabiyot faniga oid tayanch va fanga oid kompetensiyalar
Kompetentlik – kompetensiyalarni qo`llay olishda inson ega bo`lishi kerak bo`lgan minimal tajribaga ega bo`lishdir. Buni o`quvchining tayyorgarligiga qo`yiladigan talablarni shakllantirishda, o`quv jarayoni va darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak.
Ta’limda kompetensiyalarning asosiy funksiyalari quyidagilar:
-yosh avlodni kundalik hayotga tayyorlash bo`yicha ijtimoiy talabning aks etishi;
-bilim, ko`nikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini kompleks holda maqsadli qo`llashi uchun atrof-muhitdan real obyektlarni ko`rsatishi;
-turli o`quv predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi bo`lishi;
-konkret masalalarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanish bilan bog’lashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |