1-ma’ruza. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar va islohotlar
Download 276.8 Kb.
|
3.1. Zamon yondashuvlar(1)
Axborot – bu bilimlar shakli, axborot bilimning o`zi emas. Axborot tasvirlash bilan, “kim?”, “qachon?”, “nima?”, “qayerda?”, “nechta?” savollariga javob berish bilan yetkaziladi. Bilim esa qo`llanmalar, “qanday?”savoliga javob berish bilan beriladi. Tushunishga tushuntirishlar bilan, “nima uchun?” savoliga javob bilan yetkaziladi. Ta’limiy jarayonda bilim va tushunish sinonimdek qabul qilinadi. Shuning uchun o`quvchilar ushbu so`zlarni, shuningdek, bilish va tushunishni axborotdan farqlashmaydi. Agar bitiruvchilarimiz bu tushunchalarni farqlashsa-da, ular uchun axborot tushunishdan ko`ra qadrliroqdir.3 «Axborotni yetkazish bilan hech bir kishiga ta’lim berib va uni rivojlantirib bo`lmaydi. Unga har bir kishi o`z shaxsiy faoliyati bilangina erishishi mumkin. Faoliyatning ilk va muhim asosi insonning mehnatga bo`lgan munosabatidadir»-, deydi A. Disterverg. Xulosa o`rnida aytish lozimki, biz mustaqil fikrlaydigan, raqobatbardosh shaxs tayyorlashimiz uchun o`quvchilarning o`zini rivojlantirish, jahon standartlarida darajasidagi kompetentlikka ega bo`lishga yo`naltirilgan muhit yaratishimiz lozim ekan. Buning uchun aniq belgilangan maqsad asosida faol tafakkur darajasidagi o`quv faoliyatini yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. Download 276.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling