Fundamental va funksional bilimlar, ularning qiyosiy tahlili
Ta’lim sohasida ijtimoiy fanlar mutaxassislarini tayyorlashning mazmun-mohiyati o`zgarib, ta’lim oluvchilarning biluv, kognitiv faoliyati natijalarini umumjahon standartlariga moslashtirish yo`lida qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Inson bilish faoliyati nihoyatda ko`p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g’risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini qurshab turgan atrof-muhit to`g’risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. O`rta asr mutafakkirlaridan biri bilish to`g’risida quyidagi fikrni keltirishgan: “Inson tabiat va jamiyatni hamda o`zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli- faol, u bilishning asosiy qurolidir”
Ingliz faylasufi Bekonning fikricha, inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir, sezgilar orqali olingan dalillarni inson tafakkuri yordamida qayta ishlab chiqadi. Fransuz faylasufi Dekart esa insonning dunyoni va o`zini bilishi masalasi haqida to`xtalib: “Birdan bir to`g’ri bilish – tafakkurdir”, -deydi. Ong inson miyasining shunday funksiyasiki, uning mohiyati tashqi dunyoni to`g’ri, umumlashgan, maqsadga yo`naltirilgan va ijodiy o`zgartirilgan shaklda aks ettiradi. Ong faqat insongagina xos bo`lgan, miyaning til va nutq yordamida voqelik aksini umumlashtiradigan, maqsadga muvofiq, konstruktiv va ijodiy namoyon bo`ladigan oily funksiyadir. Ong inson funksiyasi sifatida to`rtta teng komponentdan iborat quyidagi holatda aks etishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |