1-ma’ruza. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar va islohotlar


Download 276.8 Kb.
bet6/17
Sana05.01.2022
Hajmi276.8 Kb.
#233688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3.1. Zamon yondashuvlar(1)

I II

III IV




  1. Oddiy ma’naviy qobiliyatlar va ular asosida olinadigan bilimlar sohasi. Bunday qobiliyatlarga sezgi, idrok va aniq tasavvurlar kiradi. Inson ular yordamida tashqi dunyoning o`z vujudi hamda o`zgalar bilan aloqasi to`g’risida dastlabki axborotni oladi.

  2. Ongning mantiqiy-tushunchaviy komponentlari. Tafakkur yordamida inson bevosita hissiy ma’lumotlardan obyektlarning mohiyatli darajalariga chiqadi; bu soha umumiy tushunchalar, tahliliy operatsiyalar va qat’iy mantiqiy dalillardan iborat.

I va II komponentlar (tashqi predmetli) ongning tashqi bilish qismini tashkil qiladi. Bunda ruhiy dunyoning subyektiv, shaxsiy va qadr-qimmatli komponentlari go`yoki yashirin holatda bo`ladi. Ular ongimizning “chap yarim tomonini” tashkil qiladi. “O`ng tomoni” ham ikki qismdan iborat bo`lib, emotsional va qadriyatli komponentini o`z ichiga oladi. Ongning bu sohasining maqsadi va boshqaruvchisi bo`lib go`zallik, haqiqat va adolat hisoblanadi, ya’ni fikrning predmetli voqelik bilan muvofiqlashtiruvchi shakli bo`lgan haqiqat emas, balki predmetli voqelikni bizning maqsad-niyatlarimiz bilan muvofiqlashtirish shakllari bo`lgan qadriyatlar hisoblanadi. Ongning ushbu sxemasini miya yarim sharlarining assimetriyasi faktiga taqqoslash mumkin. Tashqi bilish-so`l qismiga “nutqiy”, tahliliy diskursiv yarim sharining faoliyati muvofiq bo`lsa, ongning qadriyatli-emotsional komponentiga esa o`ng yarim sharning integrativ-intuitiv tomoni mos keladi. Sxemadagi aylananing ikki elementini ajratib ko`rsatish mumkin: quyi( ongsizlik) va yuqori(yuqori ong) elementlar. Ong muammosi tarkibi o`z-o`zini anglash masalasi bilan ham uzviy bog’liqdir. Ma’naviy o`zlikning vertikal ko`tarilish nuqtalari quyidagicha ko`rsatilgan:

  1. Individning ongsiz, jismiy-affektiv mavjud bo`lish bosqichi.

  2. “Men”ning jismoniy kelib chiqish bosqichi.

  3. Ongli “men”ning shakllanish bosqichi.

  4. Axloqiy “men”ning payqo bo`lish bosqichi.

  5. Kosmik oliy “men”ning vujudga kelish bosqichi.

Bunda bilish subyekti bo`lgan inson o`zini obyekt(shaxsiy tasavvur va fikrlar, his-tuyg’ular, kechinma hamda qiziqishlar, maqsad, hatti-harakat, jamoa, oila, jamiyatdagi ahvol) sifatida qabul qiladi. Inson shaxs sifatida o`z-o`zini baholovchidir. O`z-o`zini baholamasdan turib, hayotda to`g’ri yo`l tanlash qiyin. To`g’ri baholash o`ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`lish, o`z imkoniyatlarini hayot talablariga nisbatan doimiy ravishda chamalab ko`rish, o`z oldiga orzu-maqsadlarni mustaqil ravishda qo`yib borish, ilgari surilayotgan fikrlarni sinchkovlik bilan tekshiruvdan o`tkazish, barcha dalillarni obdon o`ylab ko`rish, o`zini oqlamagan gipoteza va taxminlardan voz kechishni nazarda tutadi.1 Shu o`rinda “O`zingni anglasang, Ollohni anglaysan”,- hadisini keltirish o`rinli. Ushbu haqiqatni antik davrlarda Suqrot, Platonlar o`z bilish nazariyalarida, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ mutafakkirlarimiz ijod mahsullarida k’op marotaba ta’kidladilar.

Ma’lumki, nemis faylasuf-pedagogi I.Kant ta’lim va tarbiyaning nazariy masalalariga alohida e’tibor bergan. Ta’lim-tarbiya nazariyasining teranligi uchun kurashgan. «Ma’rifat - insonnnng o`zi sababchi bo`lgan norastalikdan xalos bo`lishidir. Norastalik o`z aql-idrokidan boshqa birovning boshchiligisiz foydalanolmaslikka sabab bo`ladigan layoqatsizlikdir...»- deb yozgan edi I.Kant o`zining «Ma’rifat nadir? degan savolga javob» nomli asarida. I. Kant hamisha akademik ta’limga dunyoni bilishda ilm-fan va san’atga amaliy ma’no va mazmun baxsh etadigan dastlabki bosqich sifatida qarab kelgan, buning natijasida ular (ilm-fan va san’at) “nafaqat maktab uchun, balki hayot uchun ham yaroqli bo`ladi va o`quvchi o`z vazifasi maydoniga butunlay tayyor holda qadam qo`yadi..; Men sizlarga uslubiy fikrlashni o`rgatishga harakat qilaman” degan doim. Talabalarga ayniqsa, ta’riflar haqida gap ketganda, Kant qo`llaydigan usul ma’qul tushgan. U ma’ruzani shunday olib borganki, go`yo tinglovchilarga va uning o`ziga ham bir xilda noma’lum bo`lgan haqiqatni izlayotgandek taassurot qoldirgan. I.Kant avvaliga o`zini biron-bir ta’rif berishga urinayotgandek qilib ko`rsatar, natijada dastavval jo`ngina ifoda hosil bo`lar, keyin esa uni izchil tuzatishga kirishib ketar va bu holat nihoyat, uzil-kesil va qat’iy ilmiy ta’rif yaratilmagunga qadar davom etgan. Hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, I .Kant shu tariqa talabalarni o`zining falsafiy-pedagogik «ustaxonasi»ga olib kirishga tirishgan va ularga chin haqiqatni qay tarzda izlash lozimligini amalda ko`rsata bilgan. I.Kantda tushunchalarni tahlil etish va tizimlashtirish qobiliyati eng kuchli darajada taraqqiy etgan. Buning uchun mavzu jozibador va tushunarli bo`lmog’i zarur, bunga esa uni shunchaki mohirona tanlay bilish bilan emas, balki o`qitish usul va vositalarining oqilona uyg’unligi orqali erishiladi. Umumiy bilim asoslarini bola birdaniga emas, balki muayyan bir izchillik tufayli o`zlashtiradi. Shuning uchun dastlab materialning ko`rgazmaliligi va aniq dalillarga asoslanganligiga alohida ahamiyat berib, so`ngra umumiy qoidalarni tushuntirish kerak. Bayon va tasvir bolani o`z ustida mustaqil ishlashga rag’batlantirmog’i lozim. Bilimlarni amaliy harakatlar bilan mustahkamlab borish, masalan, yod olingan grammatik qoidani bir talay mashqlar orqali amalda qo`llay bilish kerak. Tushuntirish (tasvir, bayon) va tekshirish bilan bir qatorda I. Kant dialogik («Suqrotga xos») metodni ham maqsadga muvofiq deb hisoblagan. Uningcha, bunday usul o`qituvchiga o`quvchini bilim asoslarini mustaqil ravishda ochishga o`rgatishda qo`l keladi. I.Kant chin haqiqatlar mohiyatini ochishning o`zini ta’lim jarayonining mas’uliyatli jihati hamda o`qituvchining eng muhim vazifasi deb bilgan: «...fikrlarga emas, fikrlashga o`rgatmoq lozim, tinglovchini, agar uning kelajakda mustaqil yura olishini xohlasalar, qo`lidan yetaklash emas, balki unga yo`l-yo`riq ko`rsatmoq kerak»'. E’tibor qilish joizki, aynan tushunmaslik ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojni susaytirmoqda, oliy ta’limning nufuzini tushirmoqda. Buning uchun ta’lim jarayoni tarkibini qayta ko`rish, o`zgartirish kerak. Bularning hammasi birinchi navbatda falsafiy-metodologik yo`nalish olishni taqozo etadi. Ma’lum bir namunaga ko`ra o`zlashtirilgan BKMlar o`z-o`zicha ijodkor shaxs asosini tashkil etgan psixologik tuzilishini shakllantirib bera olmaydi. U muammoli ta’lim asosida shakllanadi. Har qanday muammoli vaziyatlarga qurilgan mashg’ulotlar “muammoli vaziyat—muammo-muammo yechimi” tizimiga asoslanadi. Muammo-anglash shaklidir. Shunday qilib o`quv jarayoni tarkibi ta’lim maqsadlari mazmunida aks etadi. An’anaga ko`ra, ta’lim maqsadlari bilim, malaka, ko`nikmadir. Masalani bu tarzda qo`yish shuni anglatadiki, dasturga bilimlarning o`rniga tasavvurlar kiritildi, ko`nikmalar alohida professional operasiyalarni bajarishda belgilandi. Aniq qo`yilgan o`quv maqsadlari mashg’ulotlarning tub mazmuniga o`zgartirish kiritdi. Ya’ni:

— nazariyalarni bilish va hodisalar haqida tasavvur hosil qilish deyarli boshi berk holatni namoyon etadi;

— odatiy, noodatiy vaziyatlarda muammolarni yechish ko`nikma va malakalari;

—o`quvchi shaxsini fikriy operasiyalari zahirasidan foydalangan holda avtomatik qo`llash asosida tizimli fikrlash darajasiga chiqarish, rivojlantirish; narsa-hodisani tizimli munosabatlarda, aloqadorlikda ko`ra olishi.

— o`quvchi shaxsini uning bilish va produktiv kasbiy faoliyati sohasidagi dunyoqarashini shakllantirish, qadriyatlari, qiziqishlari, maqsadlariga yo`naltirish bilan tarbiyalash.

Axborot asrida muttasil kelib turgan hisobsiz xabarlarning hammasini ham anglay olmaymiz, tushunmaymiz. Natijada inson tushunishdan ko`ra ko`proq biladi. Insoniyatning kamoloti uning bilimlarni tushunishga bo`lgan qobiliyatiga, bilishning bir usulidan, ikkinchi usuliga o`ta olish imkoniyatiga bog’liq bo`lib qolmoqda. Bu butun ta’lim jarayonining falsafiy-metodologik yo`nalishini kuchaytirish ehtiyojini vujudga keltiryapti. Ta’lim va tarbiyada evristik komponentlarni ko`paytirish zaruriyatini paydo qilyapti. Shuning uchun muammoli ta’lim zaruratga aylandi: muammoli vaziyat-muammo-yechim.

Eng samarali ta’lim usuli dialogdir. Uning ko`rinishlari:suhbat, bahs, diskussiya, tortishuv, debatlar, disput, rolli va ishbilarmonlik o`yinlari, sinektika (aqliy hujum, analogiya, assosiatsiya asosida). Suqrot o`z evristik suhbatlarida sun’iy yaratilgan, yo`naltiruvchi savollari bilan yunonlarni fikrlashga o`rgatdi. Uning savollari turli bosqichlarda turli vazifalarni bajarardi. Inson olamni va o`zini anglash yo`lida turgan doimiy to`siqlarni bartaraf etish bilan falsafiy fikrlashni boshlaydi. Falsafa- tushunish haqidagi fan. Tushunish o`quvchi aynan nimani tushunmaganligini bilganida boshlanadi. Kunlik hayotimizda ushbu qiyinchiliklar ko`rinmaydi. Falsafa har kungi hayot haqidagi tasavvurlarimiz nazariy fikrlash sohasiga bostirib kirganda, qanday murakkab vaziyatlarga tushishi mumkinligini ko`rsatadi. Suqrot falsafani o`rganmoqchi bo`lganlarga sog’lom fikrning “sarguzashtlarini” ko`rsatadi. Suqrot kishini sog’lom fikrdan chalg’itishga harakat qiladi, uning tushunish doirasi cheklanganligini namoyon etadi. U o`quvchilarini siyqasi chiqqan tasavvurlaridan falsafiy refleksiya darajasiga chiqaradigan muammoli vaziyatga tashlaydi. Keyingi induktiv suhbatlar vositasida muammoli vaziyatlar bir necha bor qaytariladi. Suqrot tasavvur doirasiga original muloqot manbai sifatida metaforalar yordamida yangi narsalar kiritadi. Uning yordamida xususiy vaziyatlardan umumiy tushunchalarga yetaklaydi. Natijada muammo falsafiy qayta anglanadi.

Ta’lim berish jarayonida qator muammolar va ularni bartaraf etishga intilish har doim mavjuddir. Jahon tajribasidan ma’lumki, hayot, zamon taqozosi bilan ta’lim turlarini o`zgartirishga ehtiyoj sezildi. Masalan, faktlarni eslab qolishga asoslangan rus-nemis ta’lim tizimi vaqti kelib, anglosaksonlarning tahlil va sintezlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimga o`tishini eslash o`rinli.




Download 276.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling