1-MA’RUZA: TEBRANMA HARAKATLAR
REJA:
Tebranma harakat haqida tushuncha
Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi
Garmonik tebranma harakat energiyasi
Matematik, fizik, prujinali mayatniklar va tebranish kontur
Tebranishlarni qo‘shish
So‘nuvchi mexanik tebranishlar
Majburiy mexanik tebranishlar
Vaqt o‘tishi bilan takrorlanuvchi
harakat yoki fizik jarayonlar tebranishlar deb ataladi. Tabiatda va texnikada tebranma harakatlar keng tarqalgandir. Misol uchun
soat mayatnigining tebranishi, o‘zgaruvchan elektr toki va boshqalar. Shuning uchun tebranma harakatlarning fizik
tabiatiga qarab ularni mexanik, elektromagnit va boshqa tebranishlarga ajratish mumkin. Ammo tebranma harakat yoki jarayonlar turli bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi umumiy qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.
Sodda garmonik harakatda jismning tezlanishi uning muvozanat holatidan jism holatigacha bo`lgan masofaga to`g`ri proparsional bo`ladi.
Jism yoki fizik jarayon muvozanat vaziyatiga ega bo‘lishi zarur va uni shu holatidan chiqarish va avvalgi vaziyatiga qaytaruvchi kuchlar mavjud bo‘lishi kerak. Agar jism dastlab olgan energiyasi
hisobiga muvozanatdan chiqib, tashqi kuch bo‘lmagan holatida o‘z tebranishlarini ancha
vaqt amalga oshirib tursa,
bunday tebranishlar erkin yoki
xususiy tebranishlar deb ataladi. Ular orasida eng sodda ko‘rinishi
garmonik tebranishlardir.
Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattaliklar vaqt o‘tishi bilan sinus yoki kosinus qonuniyatlariga bo‘ysungan holda o‘zgarishi kuzatiladi:
y
A
Sin(
0t
)
, (1)
bu yerda
u –
tebranuvchi kattalik,
A - tebranuvchi kattalikning amplitudasi (maksimal siljishi),