1-ma’ruza: Temir-beton konstruksiyalarni ishlatilish sohasi (qo‘llanilishi) va klassifikatsiyasi
Download 86.19 Kb.
|
1-маъруза.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Temirbeton konstruktsiyalari uchun qo’llaniladigan betonlar
- 1.4. Temirbetonning xossalari
- 1.5. Temirbeton, uning ishlab-chiqarish usullari
Oldindan zo`riqtirilgan konstruktsiyalari deb, tayyorlash jarayonida tashqi yuk ta`siri ostida betonda yoriq paydo bo`lishi mumkin zonalarini oldindan siqiladigan konstruktsiyalarga aytiladi.
Bunga odatda, yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan po`lat armaturani oldindan taranglashtirish orqali erishiladi. Betonni sqilishi taranglashtirilgan armatura bilan cho`zilgan betonning birgaliqda ishlashini jiddiy oshirishadi, hamda normal ekspluatatsiya davrida yoriqlar paydo bo`lishini oldini oladi yoki ularning ochilishini chegaralaydi. Amaliyotda temirbeton, nafaqat egiluvchi yoki cho`ziluvchi konstruktsiyalarda balki, siqiluvchi elementlarda ham keng qo`llaniladi. Po`lat armatura siqilishga va cho`zilishga yaxshi ishlaganligi hamda yuqori mustahkamlikka ega bo`lganligi sababli uni siqilgan elementlarga qo`llash samaralidir. Kesimi bir xil o`lchamdagi siqilgan temirbeton elementining yuk ko`tarish qobiliyati beton elementinikidan yuqori.Chunki, armatura va beton birgalikda ishlab, siqiluvchi kuchlanishlarning bir qismini o`ziga qabul qilishi tufayli elementning ko`ndalang kesimi o`lchamlarini kichraytirish mumkin bo`ladi. Lekin, beton o`rniga qimmat va tanqis po`lat armatura almashtirish – iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq emas. Shu sabab, siqilgan armaturani betonning ko`ndalang kesimi yuzasining 3% ortirmaslik sharti qo`yiladi. Ammo temirbetonning afzallik va nuqsonlari ham bor. Temirbetonning quyidagi afzalliklari uni qurilishda keng tarqalishiga imkon yaratdi: - o`ta mustahkamligi; - uzoqqa chidamligi; - olovbardoshligi; - zilzilabardoshligi; - mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; - konstruktsiyaga istalgan shakl berish imkoniyati; Quyidagilar temirbetonning kamchiliklari hisoblanadi: - vaznining og`irligi; - issiqlik va tovushni oson o`tkazishi; - mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; - yoriqlar paydo bo`lish mumkinligi; - beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo. 1.3. Temirbeton konstruktsiyalari uchun qo’llaniladigan betonlar Beton su`niy tosh, qorishmaning qotishi natijasida olingan bo`lib, u bog`lovchi, to`ldirgich va suvdan tashkil topgan. Qorishmani tashkil etganlarning xossalari keng oraliq va chegarada bo`lganliklari sababli betonlarning ham shunga ko`ra, tafsilotlari ularning fizik mexanik xossalari ham bir-biridan farq qilib turlicha tavsiflanadi. U yoki bu xildagi sementni qo`llash buyumni tayyorlash uslublariga va konstruktsiyalarni ishlashi mo`ljalangan ekspluatatsiya sharoitiga bog`liq. Beton – temirbeton konstruktsiyalaari uchun etarli mustahkamlikka ega bo`lishi, armatura bilan yaxshi tishlanib bog`lanishi va armaturani korroziyadan saqlash uchun etarli zichlikka ega bo`lishi zarur. Undan tashqari, bino va inshootlar tayinlanishiga qarab, maxsus talabalarni qoniqtirishi shart: sovuqbardoshlik, issiqbardoshlik – uzoq muddatdagi yuqori haroratda ta`sirlarga, muhitning agressiv ta`sirlarida korroziyabardoshlik, suv o`tkazmaslik va boshqa ta`sirlarga. Betonlar quyidagicha tasniflanadi(saralanadi): - tayyorlanishi bo`yicha – konstruktsion va maxsus; - bog`lovchisi bo`yicha – sementli, silikatli va shlakli; - to`ldirgichi bo`yicha – zich, g`ovak, maxsus va hakozo; - tuzilishi bo`yicha – zich g`ovakli, serg`ovakli(yacheistiy) va yirik g`ovakli. Beton turlari nomlanishini soddalashtirish va qisqartirish maqsadida: - og`ir betonlar – zich tuzilishga ega (zichligi – 2,2...2,4 t/m3) bo`lib, u sement material sifatida, to`ldirgichi yirik va maydo to`ldirgichlardan iborat. Masalan, oddiy og`ir beton quyidagicha aytilishi kerak: zich tuzilishdagi, bog`lovchisi sementli, yirik va mayda to`ldirgichli beton. - engil betonlar – sement bog`lovchili, g`ovakligi, yirik va g`ovakli yoki zich mayda to`ldirgichda (zichligi – 1,3...1,8 t/m3). Zich to`ldirgichlar sifatida og`ir betonlar uchun chaqilgan (maydalangan) tog` jinslari va tabiiy kvarts qumi olinadi. G`ovak to`ldirgichlar tabiiy uchraydigan – pemza, chig`anoqtosh(rakushechnik) yoki su`niiy – keramzit, shlak va hakozolar kiradi. Yuqorida ko`rsatilgan bu turdagi betonlar bino va inshootlarning yuk ko`taruvchi konstruktsiyalarida keng qo`llaniladi. Bundan tashqari maxsus beton turlari ham mavjud: - issiqbardosh betonlar – harorat t≥2000C dan yuqori ekspluatatsiyadagi konstruktsiyalarda qo`llash uchun; - kimyoviy bardoshligi – agressiv muhit sharoitida qo`llash uchun; - kuchlanadigan (kuchlanadigan sement asosida) – oldindan zo`riqtirildigan konstruktsiyalar uchun mo`ljallangan; - radiatsiyadan himoyalanish – nurlanishdan biologik himoya lanish kabilar kiradi. 1.4. Temirbetonning xossalari Temirbeton qurilmalarida armatura bilan betonning birgalikda ishlashi ular orasidagi bog’lanish kuchi va armaturani har xil konstruktiv usullar bilan betonga biriktirilishi asosida ta’minlanadi. Temirbetonning mexanik xossasi armatura va betonning mexanik xossalariga bog’liq bo’lib, hamma vaqt ham ularga mos tushmaydi. Masalan, betonda paydo bo’ladigan yoriq va uning buzilish holatiga olib keladigan bo’lsa, temirbeton yoriqlarining paydo bo’lishi xavfli hisoblanadi. Po’lat sterjenlar alohida ishlanganda ulardagi cho’zuvchi kuchlanishlarning miqdori oqish darajasiga yetganda sterjen o’z ustivorligini yo’qotadigan bo’lsa, beton tanasidagi po’lat sterjenlarning kuchlanish miqdori oqish darajasiga yetganda esa, temirbeton normal holatda ishlaydi. Bu misollardan shu narsa ayon bo’ladiki, temirbetonning mexanik xossasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, alohida o’rganilishi talab qilinadi. 1.5. Temirbeton, uning ishlab-chiqarish usullari Yig’ma temirbeton elementlari ishlab-chiqarish bir necha texnologik sxemalar yordamida olib boriladi. Download 86.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling