1-ma’ruza: Temir-beton konstruksiyalarni ishlatilish sohasi (qo‘llanilishi) va klassifikatsiyasi
Download 86.19 Kb.
|
1-маъруза.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Temirbeton, tosh-g’isht konstruktsiyalari»
- Tosh-g`isht qurilmalari.
Dunyo tajribasiga e`tibor bersak, temirbeton konstruktsiyalari ko`p hollarda po`latga nisbatan korroziyabardosh, agressiv gaz chiqarilmaydigan oddiy hollarda 25% po`lat konstruktsiyalar korroziyalanmaydi, qolgan 75% po`lat armatura va metall qurilmalar doimiy ravishda korroziyadan himoyalanishni talab etadi. Kengayib borayotgan soha va tarmoqlarda metallga bo`lgan ehtiyoj ortib bormoqda, narxi qimmatlashib, tanqis materialga aylanmoqda, O`zbekistonda temir koni yo`q. Texnik-iqtisodiy jihatdan metallning boshqa materiallarga ko`ra uning ko`rsatgichlari yuqori bo`lgan hollarda - keng ravoqli va balandligi ham nisbatan katta, orayopmasiga katta yuklanish va kran ta`sir qiladigan bino va inshootlar hamda suyuqlik va gaz uchun rezervuarlar, gazgol’derlar va shunga oid ko`pgina inshootlar hamda binolarning yordamchi qurilmalari, texnologik moslama-uskunalari, turli ko`rinish va turdagi quvur o`tkazgichlar qilinishi e`tiborga olingan. Undan tashqari, metallni qoplash uchun lok-bo`yoq materiallar qimmat, ekspluatatsiya davrida tez-tez bo`yab turish – ekspluatatsion harajatlarni yanada oshirib yuboradi. Bu ham, temirbeton metallga nisbatan ancha afzalligini, u himoyaga hamisha muhtoj emasligini (po`lat armatura uchun himoya qatlamini to`g`ri tanlash bu muammoni echilishini) ko`rsatadi.
Yog`och ham, tanqis material. ekspluatatsiya sharoitida hamda harorat-namlik va uzoq muddatli yuklanishlarda yog`ochning fizik-mexanik xossalari o`zgarib turishi masalan, haroratning 500S ko`tarilishi 20% mustahkamligini va yog`ochning elastiklik modulini kamaytirishi bilan birgalikda nisbatan mo`rtlashishi yurtimizning quruq-issiq keskin kontinental iqlim sharoitida, asosan yog`ochdan turli buyum va yordamchi qurilmalar tayyorlanishi, yuk ko`taruvchi yog`och konstruktsiyalar keng qo`llanilmasligi va ishlatilish sohalari chegaralanganligi inobadga olingan holda «Temirbeton, tosh-g’isht konstruktsiyalari» fani o`rganish ko`zda tutilgan. Temirbeton konstruktsion material sifatida metall, yog`och g`isht-toshga nisbatan ancha yosh material. Uning tarixi o`rtacha 160-170 yilni tashkil etishiga qaramay, beton va temirbeton bugungi qurilishning asosiy materiali bo`lib, qo`llanishi va ishlab chiqarish bo`yicha insoniyat faoliyatida ishlatiladigan suvdan keyingi o`rinni egallaydi. Beton va temirbetonning siqilishga yaxshi ishlashi, uning chidamliligi, uzoq vaqt davomida o`z mustahkamligini yo`qotmasligi, olovbardoshligi kabi ko`pgina foydali texnik va mexanik xossalari tufayli qurilishda keng ko`lamda qo`llanishining bosh sababini ikkita asosiy omillar guruhiga bo`lsak, birinchi omil guruhiga: betonning bog`lovchi va to`ldiruvchisi uchun zarur bo`lgan xom ashyo (mayda va yirik donali qum, daryo va tog` toshlari, tabiiy keramzit kabi ko`plab ashyo)larning bitmas tuganmas ko`lami aynan, O`zbekistonda ko`pligi; bu xom-ashyolar ekologik nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsak, bundagi bog`lovchi va to`ldirgichlar sement ishlab chiqarishning ashyosi sifatida ham foydalanish mumkinligi; betonning o`rta zichligini tabiiy to`ldirgichlarni g`ovaklashtirilgan yoki su`niy tayyorlangan to`ldirgichlar bilan almashtirish mumkinligi; sanoat va fuqaro qurilishi hamda er va suv osti inshootlariga qo`yiladigan talablarni qondira olishi; konstruktsiya va elementlarini tayyorlash uchun zarur bo`lgan texnologik jarayonni tashkil etishga ketadigan energiya sarfining kichikligi va uni tayyorlash texnologiyasining nisbatan soddaligi; beton va temirbetonga bugungi kunda istalgan ko`rinish va sayqal berish mumkinligi; bino va inshootlarning ekspluatatsion va arxitekturaviy jihatlarini ochishda ko`pgina qurilish materiallari qatorida uni ham pardoz materiali sifatida qo`llashning qulayligi ayniqsa, zavod sharoitida ularni ishlab chiqish yoki tayyorlash sanoatining keng tarmoqlari va shahobchalarini tashkil etish yoki tuzish mumkinligidir. Temirbetonning qeng rivojlanishiga olib keluvchi ikkinchi omillar guruhiga: ishonchli usul va uslublar yordamida turar joy, jamoat va ishlab chiqarish bino (inshoot)larining echimlarini takomillashtirish, unifikatsiyalash va tipizatsiyalash bilan foydali ish maydonini kengaytirish; yangi ko`rinishdagi transport inshoot va tarmoqlarni bunyod etib, er osti va gaz-neft’ energetikasi hamda muhandislik kommunikatsiya qurilishida keng foydalanish mumkinligidir. Turar joy va jamoat binolarini qurish hajmi ortib borayotgan bir paytda, temirbetonni o`rnini egalaydigan yoki bosadigan alternativ materianing o`zi yo`q. Unga istalgan shakl va ko`rinishni berish, turli rangdagi sement bilan sayqal berish, sifatli opalubka bilan istalgan rel’f berishni yanada takomillashtirish mumkinligi uni keng tarqalishi va ommalashshiga sabab bo`lmoqda. 1824...1825 yillarda potlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarildi. Keyinchalik beton tayyorlana boshlandi. Beton ham siqilishga yaxshi ishlab, cho`zilishga 10-20 marta yomon ishlar edi. Frantsuz Lambo 1855 yil birinchilardan bo`lib, po`lat simli to`rni sement qorishmasi bilan suvab gul tuvagi, so`ngra qayiq kabilarni yasadi. Shu bilan temirbeton ixtiro qilindi. Bunda, siqiluvchi kuchlanishlarni beton, cho`ziluvchi kuchlanishlarni po`lat sim-armatura qabul qilishi armatura bilan betonning birgalikda ishlashini ta`minladi. Ayniqsa, -400 S...+500 S haroratda beton va po`latning chiziqli kengayish koeffitsentlarining qiymatlari bir biriga yaqinligi uning afzalligini oshirdi. Temirbeton nisbatan arzon va mustahkam, istalgan ko`rinish va shaklni oladi. Bu materialdan nafaqat, dunyoni hayratga solgan 400-830 metrlik osmono`par 100-200 qavatli binolar, tutun chiqarish mo`rilari-yu gidroelektr stantsiyalari, teleminoralar-u ko`p ravoqli ko`prik va katta sport majmualari bunyod etilmoqda. Oyda diametri 60 m bo`lgan uch qavatli inshoot yoki Marsda ikki qavatli mehmonxona binosini temirbetondan bunyod etish rejada borligi ham, bu materialning afzalligini va keng qo`llanishi mumkinligini ko`rsatadi. Rekonstruktsiya va modernizatsiyalash hamda kapital ta`mirlashda ham temirbeton – uning asosiy materiali bo`lib qolmoqda. Tosh-g`isht qurilmalari. Tosh-g`isht (armatosh-o`zaktosh) yog`och kabi uzoq o`tmishdan qurilish materiali sifatida qo`llanilib kelinmoqda. Ko`pga chidaydigan qurilish materiallari ichida tosh va pishiq g`isht o`rnini alohida ta`kidlash zarur. Xatto eramizdan avval VI-III asrlarda pishiq g`isht qo`llanilganligi bugungi kunda ma`lum. Quruvchilar g`isht terimi siqilishga yaxshi ishlashini, cho`zilishga esa juda yomon ishlashini o`tmishda ham yaxshi bilishgan. Metall, yog`och, pishiq g`isht kabilar xamisha bizlarning o`lkalarimizda tanqisligi tufayli, xamisha katta masofali ravoqi keng bo`lgan tom yopmasi yoki orayopmalarni iqtisodiy tomondan afzal qurilmalar bilan yopishga oid ko`p izlanishlar bajarilgan. O`rta Osiyo imoratsoz me`moru-quruvchilar xom-g`isht, pishiq g`isht yoki somon loy va paxsadan tez qotadigan ganch qorishmalaridan ustalik bilan foydalanib, yog`och va qoliplarsiz katta ravoqli gumbazu-qubbasimon katta inshootlarni barpo etishgan. Iqtisodiy jihatdan samara beradigan katta ravoqli arkasimon yoki gumbazsimon ko`rinish beradigan qurilmalar qurilmalarni barpo etishda cho`ziluvchi kuchlanishlarning keskin o`sishini oldini olishga qaratilgan tadqiqotlar g`isht terimini armatura bilan jihozlash zarurligini ko`rsatdi. Shu bilan armatosh (o`zaktosh) qurilmalari bunyod bo`ldi. Bu jarayonni yana tadqiqot etish natijasida qurilishni industriallashtirish tufayli yirik blokli va yirik panelli binolar barpo etildi. Armotosh konstruktsiyalar, ya`ni po`lat armatura qo`shilgan konstruktsiyalar, XIX asrda paydo bo`ldi. 1813 yilda Angliyadagi fabrikalardan birida temir g`ishtdan ishlangan mo`ri truba bu xildagi birinchi inshoot hisoblanadi. Keyiichalik Angliyada 1825 yili Temza yaqinidagi tunnel, AQShda 1853 yili suv saqlashga mo`ljallangan katta rezervuar qurilishida bunday armaturalar ishlatilgan. Armotosh konstruktsiyalar bizning mamlakatimizda ham keng miqyosda ishlatilgan. Download 86.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling