1-ma’ruza: Temir-beton konstruksiyalarni ishlatilish sohasi (qo‘llanilishi) va klassifikatsiyasi
Download 86.19 Kb.
|
1-маъруза.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potok-agregat usuli.
- Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar
- Takrorlash uchun savollar
Konveyer usuli. Bu usulda elementlar vagonlarga o’rnatilgan formalarda tayyorlanib, vagonlarga konveyerning bir agregatidan ikkinchisiga ko’chib yuradi. Vagon xarakati davomida texnologik operatsiyalar ma’lum ketma-ketlikda bajariladi: armatura karkasi o’rnatiladi, oldindan zo’riqtiriladi. Elementlar armaturalari tortiladi, teshikli elementlar uchun teshik hosil qiladigan ustanovkalar o’rnatiladi, beton qorishma yotqiziladi va zichlanadi, vkladishlarni tortib olinadi, betonni qotishini tezlatish uchun termik ishlov beriladi. Hamma vagonlar ma’lum bir ritmda harakatlanadi. Bu konveyer usuli kichik o’lchamli elementlar ishlab chiqaradigan zavodlarda qo’llaniladi.
Potok-agregat usuli. Texnologik operatsiyalar zavodning kerakli tsexlarida bajariladi. Bu usulda texnologik operatsiyani bajaruvchi agregatlar qo’zg’almasdir, faqat formalar maxsulot bilan birgalikda bir agregatdan ikkinchisiga kran yordamida kuchiriladi. Stend usuli. Bu usulda maxsulot tayyorlov jarayonida kuzgalmaydi, texnologik operatsiyalarni bajaruvchi agregat forma bo’ylab xarakatlanadi. Bu stendlar xarakatlanuvchi kranlar bilan, beton yetkizuvchilar bilan va vibratorlar bilan jixozlangan. Elementlar sillik va profilli formalarda tayerlanadi. Bu usul bilan yirik gabaritli va oldindan zo’riqtirilgan elementlar tayyorlanadi. (masalan: fermalar, balkalar, kran osti to’sini va kolonnalar) Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: temirbeton mohiyati; temirbeton rivojlanishining qishqacha tarixi; temirbetonning afzalliklari va kamchiliklari; temirbetonning qo’llanilish soxalari; temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarish usullari; yaqin yillarda temirbeton rivojlanishining yo’nalishlari; temirbeton konstruktsiyalar; konveyer usuli; potok-agregat usuli; stend usuli. Takrorlash uchun savollar Temirbetonning asosiy mohiyatini tushuntirib bering? Nima uchun beton va po’lat armatura birgalikda ishlatiladi? Temirbeton qanday afzallik va kamchiliklarga ega? Temirbetonning qo’llanish sohalarini ko’rsatib o’ting. Temirbeton konstruktsiyalar uchun material sifatida betonga qanaqa asosiy texnologik talablar qo`yiladi? Turli belgilar bo`yicha beton qanday tavsiflanadi? Download 86.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling