Nazorat savollari:
“O‘TY” AJ da “Mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi” qachon qayta tashkil etildi?
15-MA’RUZA
Elektr tokidan saqlanish va shaxsiy himoya vositalari
Reja:
Elektrdan himoya qiluvchi vositalar
Elektr xavfsizligini ta'minlashda ko'rgazmali belgilar.
Tayanch so’z va iboralar
Elektr toki, kuchlanish, izolyatsiya, dielektrik, montiyor, kovush, teleskopli minora, transformator, prujina, resistor, neon lampa, plakatlar, kontakt,elektr xavsizligi.
E lektr tokidan himoya qilish vositalari asosiy
va qo'shimcha vositalarga bo'linadi. Asosiy vositalarga 1000 V dan ortiq kuchlanishli elektr moslamalariga xizmat ko'rsatishda foydalaniladigan izolyatsiyali shtanga, tok o'lchovchi klesha, kuchlanishni ko'rsatuvchi asbob, himoyalovchi qurilma va turli ko'rinishdagi jihoz hamda moslamalarkiradi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo'lgan elektr moslamalariga xizmat ko'rsatayotganda esa ' izolyatsiya qilingan dastlabki asboblar: buragich, ombir va tishlagich, dielektrik qo'lqop hamda izolyatsiyalangan kleshalardan foydalaniladi.
Qo'shimcha vositalarga kuchlanish 1000 V dan ; ortiq bo'lganda ishlatiladigan dielektrik etik, j; kalish, to'shama va izolyatsiyalangan tagliklar c kiradi.
Tarmoq yoki elektr moslamalaridagi kuchlanishni tekshirib ko'rishda tokning faol ta'sirida ishlovchi kuchlanish signali va kuchlanishni ko'rsatuvchi maxsus asboblardan foydalaniladi.
500 V gacha bo'lgan elektr moslamalaridagi kuchlanishni tekshirib ko'rishda TI-2, MIN-1, UIN-10, IN-92 rusumli asboblar ishlatiladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo'lgan elektr qurilmalarini tekshirishda neon chiroqli indikatorlardan foydalaniladi. 10 kV gacha bo'lgan elektr o'tkazgichlardagi kuchlanishni tekshirishda tok o'lchovchi kleshalar ishlatiladi.
Bulardan tashqari, elektr tokidan himoya qilish vositalariga montyor belbog', bog'ichli montyor kavush, muhofaza arqon, teleskopli minora va narvonlar ham kiradi. Montyor belbog'lari 225 kg, kavushlar esa 135 kg yuk bilan 5 daqiqa davomida sinab ko'riladi va keyingina ulardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Elektr xavfsizligini ta'minlashda ko'rgazmali belgilar ham muhim ahamiyatga ega. Ular, asosan, to'rt guruhga bo'linadi, ya'ni ogohlantiruvchi, ruxsat beruvchi, taqiqlovchi va eslatuvchi belgilar.
Taqiqlovchi plakatlar ish bajarilayotgan joylarga tok berishi mumkin bo'lgan kommutatsiya apparatlaridan foydalanishni taqiqlash uchun mo'ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |