3. Portlash haqida tushunchalar
Gazlarning yonish jarayoni juda tez kechadi. Ularning har bir molekulasi havodagi kislorod molekulasi bilan kontaktda bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular baravar yonishga tayyor bo‘ladi.
YOnuvchi modda bo‘ylab alanganing tarqalish tezligi m/s larda bo‘lsa yonish deb, yuzlab m/s larda bo‘lsa portlash deb, minglab m/s larda bo‘lsa- detonatsiya deb ataladi. Detonatsiya xususiyati ammonal, tol va sh.o‘. moddalarda mavjud.
Portlashning konsentratsiya chegarasi deb, yopiq idish ichidagi yonuvchi gaz yoki uning bug‘ini havo bilan shunday aralashmasiga aytiladiki, unda alanganing tashqi manbaidan yonib yoki portlab ketadi.
Buni amalda sinab ko‘rish uchun, havo bilan to‘ldirilgan yopiq idishni olib, unga oz-ozdan yonuvchi gaz yoki bug‘ qo‘shib boriladi va har gal yoqib ko‘riladi. Bu gazning kam miqdorida (% larda yoki og‘irlik konsentratsiyasida) aralashma alangalanmaydi, demak idish ichidagi bosim o‘zgarmaydi.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, ordinata o‘qlariga yonuvchi moddaning konsentratsiyasi, abssissa o‘qiga esa idish ichidagi aralashmani yoqishga harakat qilingandagi portlash bosimi keltirilgan. Bu 1, 2, 3, 4, nuqtalar. Konsentratsiyasini oshirib borilgan sari shunday bir vaqt keladiki aralashma kuchsiz, zo‘rg‘a seziladigan portlaydi 9 chizmada “A” nuqtasi). Konsentratsiya oshirib borilgan sari portlash bosimi ham oshib boradi va maksimum nuqtasiga boradi. Undan so‘ng gaz konsentratsiyasining oshib borishi bilan portlash bosimini kamayishi kuzatiladi. Ma’lum maksimal konsentratsiyada esa butunlay portlash bo‘lmaydi.
Yonuvchi gaz yoki bug‘ning yoqqanda portlash hosil qila oladigan havo bilan eng kam miqdordagi aralashmasi portlashning pastki chegarasi deb ataladi. Yonuvchi gaz yoki bug‘ning yoqqanda yonmaydigan havo bilan eng ko‘p miqdordagi aralashmani portlashning yuqorigi chegarasi deb ataladi. “Elektr uskunalarini joylashtirish qoidalari” bo‘yicha sexlar va tashqi uskunalarni yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |