1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari reja


Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari


Download 199.72 Kb.
bet20/48
Sana21.11.2023
Hajmi199.72 Kb.
#1791487
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va-fayllar.org

3. Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari
O‘tni o‘chirish deganda, yonish uchun zarur bo‘lgan uchta omilning birini bartaraf etish yo‘lida qilinadigan harakat tushuniladi. Ya’ni yonishni to‘xtatish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi:
-yong‘in hududiga kislorodni kirish yo‘lini to‘sish yoki yonuvchi moddani miqdorini kamaytirish, ya’ni to‘siq qo‘yish;
-yonuvchi manba hududini yoki yonayotgan moddaning haroratini issiqlikni yutadigan, ammo o‘zi yonmaydigan sovutgich moddalar yordamida keskin pasaytirish, sovutish;
-yonuvchi suyuq moddalarni o‘tda yonmaydigan moddalar (gaz yoki suv) bilan suyultirish.
Amaliyotda yong‘inni o‘chirishda bu usullarning dastlabki ikkitasi, ya’ni o‘tni o‘chiruvchi moddalar yordamida to‘sib qo‘yish va sovutish usullari ko‘proq qo‘llaniladi.
O‘tni o‘chirish uchun ishlatiladigan, olovda yonmaydigan turli xildagi moddalar, jumladan suv, inert gazlardan karbon ikki oksidi, azot, argon, suv bug‘lari, kimyoviy ko‘piklar, geterogen kukunlar, galogen karbovodorod sovutgichlari va ularni uzatib beruvchi uskunalar va boshqalar o‘t o‘chirish vositalari bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda o‘t o‘chirish vositasi sifatida yong‘inni o‘chirishda eng ko‘p ishlatiladigani suv hisoblanadi. Suvdagi o‘tni o‘chirish xususiyatlari, uni yuqori darajadagi issiqlikni yutuvchanligi (issiqlikni yutish qobiliyati 2260kDj/kg), yuqori haroratga chidamliligi va bug‘langanda hajmini 1700 marotaba ko‘payib ketishi bilan belgilanadi. Suv o‘t o‘chirishda eng qo‘lay vositalardan hisoblanadi, chunki unda bir vaqtni o‘zida 3 ta xislat, ya’ni sovutish, suyultirish va to‘sish xususiyatlari mavjud.
Suv oqimini katta bosim ostida kuchaytirib bera oladigan 28-50mm diametrli brandsboy lafet uskunalari yoki diametri 13-25mm bo‘lgan dastakli o‘t o‘chirish vositalari yordamida yaxlit yoki maxsus purkagich uskunalar yordamida suv bug‘lari oqimi shaklida purkab uzatilishi mumkin. Suvni bu boradagi kamchiligiga, uning yonuvchi sirtga yopishmasligi va oquvchanlik xususiyaatlarini ko‘rsatish mumkin. Buning oqibatida suv ko‘p miqdorda sarflanadi va atrofdagi buyum va jihozlar yaroqsiz holga kelib qoladi.
Suvni o‘ziga shimib olish xususiyati past bo‘lgan moddalarni o‘chirishda suvga 1%li, ko‘pik hosil qiluvchi, sulfanol, natriykarboksimetilsellyuloza moddalari qo‘shilsa, paxta yoki undan tayyorlangan matolarni o‘chirishda suvning sarfini 2-2,5 barobarga kamayishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari shuni ham nazarda tutish lozimki, hamma yong‘inlarda ham o‘t o‘chirish vositasi sifatida suvni ishlatish mumkin bo‘lavermaydi. CHunonchi, metal va uning gidridlari, metaloidlar va karbidlarni hamda elektr dastgohlari yonganda ularni suv bilan o‘chirish ma’n etiladi. CHunki bunday yong‘inni o‘chirish jarayonida noxush oqibatlar yuzaga kelishi, ya’ni yong‘inni kuchayib ketishi yoki elektr ta’siridan fojia yuuz berishi mumkin.
YOng‘inni o‘chirishda suv va ko‘pik moddalarini ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlarda o‘t o‘chirish vositasi sifatida yonmaydigan gazlardan keng foydalaniladi. Bunday gazlarga azot, karbon ikki oksidi, argon, brometil, xlorbrommetan va boshqalar misol bo‘ladi.
Bu gazlar havodagi kislorodni yonishga yordam bera olmaydigan darajagacha suyultirish yoki uni yonuvchi muhitdan (yopiq hajmda) siqib chiqarish maqsadida ishlatiladi. Masalan, shu maqsadda eng ko‘p ishlatiladigan karbonat angidridi (SO2) havodan 1,5 barobar og‘ir bo‘lganligi sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga keladigan kislorod yo‘lini to‘sish evaziga, yong‘inni tez o‘chirish imkonini beradi. 1litr suyuq karbonat angidridi, balondan ochiq havoga chiqarilganda uning hajmi 506 litrga ko‘payadi. Bu degani yopiq hajmdagi yonuvchi manbaga tashqaridan kislorodni kirib kelishiga mutlaqo imkon qolmaydi. Odatda, SO2 suyuq yoki gaz holatida 2 litrdan 80 litrgacha hajmdagi har xil po‘lat balonlarda 3430kPa bosimda saqlanadi . Gazni o‘t o‘chirish uchun qo‘llashda balonlarda o‘rnatilgan, maxsus og‘zi kengaytirilgan karnaycha orqali uzatiladi. Undan chiqayotgan gaz oppoq parcha-parcha qorsimon ko‘rinishda bo‘lib, karnaychadan otilib chiqish paytida harorati -80oS ga yaqin bo‘ladi. SHu boisdan ularni ishlatishda xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘lqop kiyilishi zarur hisoblanadi.
Karbonat angidridi to‘ldirilgan gaz balonlarini xavfsizlik holati ular saqlanayotgan muhitning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Muhitning harorati ko‘tarilgan sari, balondagi suyuq karbonat angidridi gaz holatiga aylana boshlaydi, natijada balondagi bosim ko‘tarilib portlash xavfi yuzaga keladi. Bunday xavfni oldini olish uchun barcha o‘t o‘chirish balonlari suyuq gaz bilan faqat 75% hajmida to‘ldiriladi va ularning hammasi himoya pardalari (membranalar) bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng ko‘p ishlatiladigan vosita, bu qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir. YOng‘inni dastlabki davrida bunday o‘t o‘chirgich vositalarni ahamiyati juda katta. Qo‘lda ishlatiladigan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari kimyoviy ko‘pikli, gazli va kukunli turlarga bo‘linadi va ularni og‘irligi 20kg dan oshmasligi kerak. O‘t o‘chiruvchi vosita sifatida karbon ikki oksidi (suyuq holatda), tarkibida brom aralashgan aerozollar va poroshoklar ishlatiladi.
Kukunli o‘t o‘chirgich OPS-10 vositasining ish uslubi maxsus balondagi siqilgan havo yordamida o‘t o‘chirgich korpusida joylashgan kukunni purkab chiqarishga asoslangandir. Bunday o‘t o‘chirgich vositalari ishqorli metallar ishtirokida sodir bo‘lgan yong‘inlarni, shuningdek avtomobil motori va elektr tarmog‘iga ulangan holda yonayotgan dastgohlarni o‘chirishda qo‘llaniladi va bitta OPS-10 yordamida 0,25m2 yuzadagi yong‘inni o‘chirish mumkin. Uning ishlash muddati 45-80 soniyaga etadi (16.1-16.3-rasmlar). Bu toifadagi o‘t o‘chirgichlarda ishlatiladigan kukun namunalari natriy gidrokarbonat, alyuminiy va magniy moddalari aralashmasidan tarkib topgan bo‘lib, olovni o‘chirish uchun kukunni yonayotgan yuzaga purkash kifoya qiladi.
16.1-rasm. SO2 gazi to‘ldirilgan, qo‘lda ishlatiladigan-OU-2, OU-2A, OU-5, OU-5MM, OU-8 rusumli o‘t o‘chirgichlarni tashqi ko‘rinishlari

a) b)
16.2-rasm. Kukunli o‘t o‘chirgichlar
a-ko‘chma aravachali OP-50(3) rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgich;
b-qo‘lda ishlatiladigan OP-5, OP-2 va OP-3 rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgichlar.
Bugungi kunda xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan birlamchi o‘t o‘chirgichlardan kimyoviy ko‘pikli OXP-10 va havoli ko‘pikda ishlaydigan OVP-10 rusumli vositalar hisoblanadi. 16.3-rasm da OXP-10, OVP-10 va OVP-5(3) o‘t o‘chirgichlari tasvirlangan.



Download 199.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling