1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari


Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik


Download 0.51 Mb.
bet6/47
Sana23.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1111245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalar

2. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Mehnatkashlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo‘qotish O‘zbekiston Respublikasi xukumatining asosiy g‘amxo‘rliklaridan biridir.
Mehnat muhofazasining huquqiy asoslarini asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 y 8 dekabr), O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi (1995 y 25 dekabr) va MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish haqida”gi qonun (1993 y 6 may) hamda VMning qarorlari va boshqa hujjatlar tashkil qiladi.
Mehnat qonunchiligi Kodeksida ayollar mehnati, yoshlar mehnati, kollektiv shartnoma, ish vaqti, ish haqi, mehnat muhofazasi sohasida nazorat qilish va boshqa masalalar mujassamlashtirilgandir. SHu masalalar amaldagi mehnat haqidagi qonunda ham yoritilgan. Korxona hamda tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, havo muhitining changlanish va gazlanishi, shovqin, titrash, nurlanish va mehnatning boshqa zararli tomonlarini kamaytirish hamda bartaraf etish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni tadbiq etish yuklatilgan.
Dastgoh, mashina va mexanizmlar loyihalari xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga javob berishi kerak. Birorta yangi mashina, dastgoh yoki mexanizm mehnat muhofazasi talablariga javob bermasa, ishlab chiqarishga joriy qilinmaydi. Bunga mehnat qonunchiligida alohida ahamiyat berilgan.
Korxona ma’muriyati mehnat muhofazasi tadbirlarini rejalashtirishi, moddiy ta’minlashi zarur. Ayni paytda ishchi va hizmatchilarni yo‘riqnomalar bilan tanishtirishi va ularni ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlashlari lozim.
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qat’iy qo‘yidagi javobgarliklarni belgilaydi:

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling