1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari


Temir yo‘l transporti xodimlarining


Download 0.51 Mb.
bet2/47
Sana23.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1111245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalar

2. Temir yo‘l transporti xodimlarining
umumiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalarining 1-bo‘lim, 1-bobida temir yo‘l transporti xodimlarining umumiy vazifalari ko‘rsatilgan:
1. Harakat havfsizligi va tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlagan holda yo‘lovchi va yuk tashishlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, texnik vositalardan samarali foydalanish, atrof muhitni asrash talablariga amal qilish temir yo‘l transoporti xodimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
2. Temir yo‘l transportining har bir xodimi inson hayoti va salomatligi yohud harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi vaziyatlarda poyezd yoki manyovr qilayotgan tarkibga to‘xtash signalini yetkazishi va ularni to‘xtatish uchun boshqa choralarni ko‘rishi lozim. Qurilma va inshootlarda harakat xavfsizligiga xavf soluvchi yoki atrof muhitning ifloslanishiga olib keluvchi nosozliklar aniqlanganida, xodim tezkorlik bilan xavfli joyni to‘sish va nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi kerak.
3. Temir yo‘l transporti xodimlari yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashlari, ular uchun kerakli qulayliklar yaratishlari, vokzal va poyezdlarda madaniyatli xizmat ko‘rsatishlari, temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi barcha shaxslar bilan muloqatda xushmuomala bo‘lishlari va shu bilan birga, ulardan amaldagi temir yo‘l transporti qoidalarini bajarilishini talab qilishlari kerak.
4. Temir yo‘l transportining har bir xodimi bajarayotgan ishlari uchun belgilangan texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalarga amal qilishlari kerak. Bu qoida va yo‘riqnomalarning ijro etilishi bo‘yicha javobgarlik tegishli bo‘linmalarning ijrochi va rahbarlariga yuklatiladi.
5. Temir yo‘l transportiga poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan ishga qabul qilinuvchi shaxslar kasbiy ta’lim olishlari kerak. Qolgan barcha xodimlar “Temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari”da ko‘zda tutilgan temir yo‘l transporti xodimlarining umumiy majburiyatlarini, mehnat muhofazasi qoidalari, sanitariya qoidalari va me’yorlari, lavozim yo‘riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlarni bilishlari kerak.
6. Temir yo‘l transportiga poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan lavozimlarga ishga kiruvchi shaxslar tegishli ishlarni bajarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Keyinchalik ushbu xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari AJ raisi va tegishli vazirlik, idora va korxonalarning rahbarlari belgilagan tartibda amalga oshirilishi kerak.
7. Temir yo‘l transporti xodimlarining alkagolli ichimliklar, zaharvand va giyohvand moddalar iste’mol qilgan holda o‘z vazifalarini bajarishlari man etiladi. Bu holda aniqlangan shaxslar darhol ishdan chetlashtirilib, javobgarlikka tortiladilar.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling