1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik parametrlariga deformasiyani ta’siri. Tenzorezistorlar p-no’tish


Download 161.96 Kb.
bet6/9
Sana28.10.2023
Hajmi161.96 Kb.
#1731335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik p

Namliknio‘lchash

Kimyoviytexnologiya, qishloqxo‘jalikvachorvachilikmahsulotlarihamdasanoatmahsulotlariishlabchiqarilayotganxonalarningnamliginianiqlash (misol


uchun, to‘qimachilik kombinatlarida) muhim ahamiyatga ega.
Materialning namligi uning massa birligidagi absolut yoki nisbiy namligibilan belgilanadi. Jismning absolut namligi deb, uning birlik massasidagi suv bug‘lari
massasiga, nisbiy namlik deb, absolut namlikning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta namlikka nisbatiga aytiladi.
Namlikni o‘lchovchi asboblar funksiyasiga elektr o‘tkazuvchanlik (konduktometrik), elektrik singdiruvchanlik (dielkometrik) va yordamchi moddalar-ning elektr va mexanik parametrlarini o‘lchashlar kiradi.
Havoning absolut va nisbiy namligini o‘lchash - da ko‘p hollarda yarimo‘tkazgichli litiy xlorid o‘ zgartkichdan (3-rasm ) foydalaniladi. U himoyalovchi plyonka (2) bilan qoplangan termorezistor (1)dan iborat.Termorezistor ustiga litiy xloridning to‘yingan eritmasi shimdirilgan shisha tolali vtulka (3)o‘rnatilgan. Vtulkaning ustiga kumush yoki platina o‘tkazgich (4) o‘rnatilgan. O‘zgartkich havo kirishi mumkin bo‘lgan korpusga joylashtirilgan bo‘ladi.

3- rasm.
O‘zgartkichning ishlash prinsipi: Ma’lum haroratda litiy eritmasi atrof-muhitning namligini so‘radi. O‘tkazgichdan elektr toki o‘tganda, litiy xloridning harorati oshadi va u kristallanib, o‘tkazuvchanligi kamayadi.
Binobarin, litiy xlorid va uning ichidagi termorezistorning harorati atrof-muhit haroratiga hamda namligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Termorezistorlar qarshiligini o‘lchash uchun o‘zgarmas tok kompensatorlaridan foydalaniladi.
Sochiluvchan massalar, misol uchun, bug‘doy, sholi, dorivorlar, kimyoviy moddalar namligini o‘lchash uchun elektrostatik o‘zgartkichlar asosida namlik o‘lchagichlar ishlab chiqarilgan. Sochiluvchan material namunasi silindrsimon elektrodlar orasiga solinadi. Elektrodlar orasidagi dielektrik singdiruvchanlik o‘zgaradi va o‘zgaruvchan tok ko‘prik muvozanatini buzadi. Ko‘prik chiqishidagi kuchlanish dielektrik singdiruvchanlikka, ya’ni namuna namligiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun asbob o‘lchanayotgan har bir sochiluvchan massa turiga qarab darajalanadi.
Hozirgi vaqtda tuproqva boshqa sochiluvchan materiallar namligini uzluksizo‘lchash uchun radioizotop namo‘lchagichlar qo‘llaniladi. Radioizotop manbai sifatida plutoniy-berilliy birikmalar, qabul qiluvchi uskuna sifatida sekinlashgan neytron hisoblagichlar qo‘llaniladi.
Radioizotop namo‘lchagichlar bilan tuproq, havo va turli sochiluvchan materiallar namligini 1dan 100 foiz diapazongacha, 0,5 foiz xatolik bilan o‘lchash mumkin.
So' ngi yillarda o'ta yuqori chachtotali nam o'lchagichlardan kengfoydalanilmoqda. 4- rasmda ularning umumiy funksional sxemasi keltirilgan.

4 – rasm.

O'ta yuqori chastotali elektromagnit to'lqin hosil qiluvchi generatordan to'lqin uzatuvchi antenna orqali namligi o'lchanishi lozim bo'lgan ob'ektga beriladi va undan keyin qabul qiluvchi antenna orqali kuchaytirgich kirishiga uzatiladi.
Kuchaytirilgan signal tarkibidan namlikka proporsional bo'lgan chastotali signal detektor orqali o'lchash asbobiga beriladi. Antennalar orasiga joylashtirilgan ob'ekt o'ta yuqori chastotali to'lqinda faza bo'yicha siljish hosil qiladi va bu o'lchash zanjiri chiqishidagi signalni o'zgarishiga olib keladi.
Shuni aytib o'tish joizki, paxta va uni urug'i hamda boshqa qishloq xo'jalik maxsulotlari va ularning urug'lari namligini o'ta yuqori chastotali nam o'lchagichlar yordamida aniq o'lchash (sxema va konstruksiyalarini takomillashtirish, mikroprotsessor qurilmalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, metrologik, ekspluatatsion xarakteristikalarini yaxshilash, metrologik ta'minotini ishlab chiqishva o'lchash vosita va tizimlarini unifikatsiyalash)sohasida prof. Ismatullayev P.R. rahbarlik qilayotgan ilmiy maktabning salmog'i juda katta.


Download 161.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling