1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Patent xujjatlari. Patent axboroti


Download 0.49 Mb.
bet33/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Patent xujjatlari. Patent axboroti. Ilmiy texnik taraqqiyotning o’sishi ko’p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog’liq. Xalq xo’jaligining barcha sohalari bo’yicha har yil yangiliklar soni bir qancha ko’payadi. Zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish juda murakkab ish. Shuning uchun hozirgi kunda tabiatni bilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o’zi foydalanishi katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda kashf etilgan yangiliklar bo’yicha axborotlar saqlash, ishlov berish va xodimlarga yetkazish yo’llari axtarilmoqda, har bir davlatda ilmiy texnik axborotlar bo’yicha maxsus tashkilotlar tuzilgan ularning vazifasi fan texnika va ishlab chiqarishni rivojlantirishga omil bo’lib xisoblanadi.
Patent xujjatlari-bu shunday xujjatlar yig’indisi bo’lib, unda: ilmiy texnik tajribalar va loyixa konstruktorlik ishlanmalarining mazmuni kashf qilinganligi foydali modeli hamda kashfiyotchining xuquqini ximoya qiluvchi ma’lumotlar bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda model, maket, korxona maxsulotini ro’yxatga olinganligini xaqida guvoxnomalar va mualliflik diplomlari bo’lishi kerak. Patent axboroti deganda patent xujjatlaridan foydalanish va ishlov berish tushuniladi. Patent xujjatlar ilmiy texnik yutuqlarning oxirgi 100-200 yilligi patent fondlarida saqlanadi.
Tayanch iboralar:
Patent tadkikotlari – Texnika obektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va tarakkiyot istikbollarini anklash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadkikotlar bulib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi.
Patent izlanishlari – turli davlatlarning ixtirolar xalqaro tasnifi bo`yicha tasniflangan ximoya xujjatlarini izlash va taxlil qilish.
Bilimlar banki – kompyuterlarda SAklanuvchi axborotlar jamlamasi bulib, unda axborotning konsetpual birligini xosil kiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda jamlab boriladi.
Konstasiya qilish – tasdiqlash.
Ixtiro - bu xalq xo`jaligini barcha tarmoqlaridan texnik yechimlari bilan ijobiy natijaga yega bo’lgan yangilik xisoblanadi.
Kashfiyot – moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo’lmagan obektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o’zgartiuvchi ta’sirga yega bo’ladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling