1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi


Download 0.49 Mb.
bet55/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi
VIII sinf: Zamonaviy ishlab chiqarishga kirish. Dizaynga oid kasblar bilan tanishtirish. Buyumlar muhiti. Buyumlarni loyihalashga qatnashuvchilar va ularning vazifalari haqida tushuncha. Intererxona ichki ko‘rinishi.
IX sinf: Buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomika-odam va buyum orasidagi qulaylik. Dizayn bilan bog‘liq kasblar va shu kasblar tavsifnomasi.
Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limni joriy etish maktabda boshlang‘ich sinfdan tizimli ravishda tasviriy san’at va mehnat ta’limi jarayonlarida amalga oshirilib uzluksiz davom etishi va malakali mutaxassis etishtirish bilan yakunlanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida dizayn ta’limi berishni zamon talabi ekanligini e’tiborga olgan holda nafaqat umumiy o‘rta ta’lim bo‘g‘inida, balki oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham jahon standartlari darajasida rivojlantirishni taqozo etadi.
Mehnat ta’limi o‘qituvchilari oldida turgan muammolardan biri- dars jarayonida qo‘llash uchun dizaynerlik topshiriqlari va uni o‘rgatish metodikasi ishlab chiqilmaganligidir. Bu muammoni hal qilishda biz mehnat ta’limi mazmunini tashkil etuvchi besh yo‘nalishdagi mavzular mazmunidan kelib chiqib dizaynni dastlabki tushunchalarini berib borish bilan birga dizaynerlik topshiriqlarini bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Dizaynerlik topshiriqlarni esa tuzilishi va qo‘llanishiga qarab uch guruhga bo‘lib ta’lim jarayonida qo‘llash lozim.
1. Boshlang‘ich dizaynerlik topshiriqlar(I-IV sinflar).
2. Asosiy dizaynerlik topshiriqlar(V-VII sinflar).
3. Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar(VIII-IX sinflar).
Boshlang‘ich dizaynerlik topshiriqlar. Bu ko‘rinishdagi dizaynerlik topshiriqlari
I-IV sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda og‘zaki savol-javob qilish, oddiy dizaynerlik topshiriqlarini amalda bajarish hisoblanadi hamda topshiriqni bajarish orqali o‘quvchi ijodiy fikrlashga o‘rgatiladi. Bu topshiriqlar quyidagi tushunchalarga geometrik figura va shakl yasovchilar, ranglar, ranglar uyg‘unligi, o‘lchamlar, shakllarni joylashtirish, buyumlarning tashqi shakli kabilarga asoslangan bo‘lishi bilan ularni mustahkamlashga oid topshiriqlar bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarga quyidagi dizaynerlik topshiriqlarini berish mumkin:
1. Tabiiy materiallardan foydalanib har xil o‘yinchoqlar tayyorlang.
2. Qog‘ozdan foydalanib quti maketini tayyorlang va uni ishlatilish sohasiga qarab bezak bering (masalan gugurt quti, soklar uchun idish, qalamdon).
3. Sinfdagi simmetrik buyumlarni sanang. Bu kabi dizaynerlik topshiriqlarni ko‘plab keltirish mumkin. Ular kelgusida o‘quvchini buyumlarni idrok etishni va loyihalarni bajarishni osonlashtiradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling