1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari
Muammoni hal etishning birinchi yo‘nalishi
Download 0.49 Mb.
|
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
Muammoni hal etishning birinchi yo‘nalishi quyidagicha mazmunga ega:
Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang‘ich ta’lim muhim o‘rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan, harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqotayotgan hozirgi kunda o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo‘lib turibdi. O‘quvchilarning ijodiy faoliyati tajribalarini o‘zlashtirishlari uchun talim jarayonida faol aqliy izlanishni talab qiladigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o‘qituvchini tayyor axboroti orqali hosil qilish mumkin emas, chunki o‘qituvchi muammolarni o‘zi hal qilsa, o‘quvchilardagi qiziqish, muammolarni hal qilishga bo‘lgan intilish, so‘nadi, o‘z bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Noan’anaviy ta’lim o‘quvchilarni faqat bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirishni ko‘zda tutmasdan, balki darsda vujudga keltiradigan muammoli vaziyatlarni o‘quvchilar avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarni kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo‘llashlari orqali ijodiy faoliyat tajribalari, o‘quvchilarning mustaqilligi, o‘quv-bilish motivlarini, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga, mustaqil izlanish yo‘lini o‘zlashtirishga imkon beradigan murakkab jarayondir. O‘quvchilar mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi noan’anaviy ta’lim jarayonida muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelayotgan ta’lim prinsiplari: ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik, o‘quvchilarning ongligi va faolligi, ko‘rgazmalilik, o‘quvchilarni puxta bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, uzviylik, ketma-ketlik, o‘quvchilarning ijodiy mustaqil ishlari prinsipi, o‘quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv prinsipi, o‘quv ishlarini insonparvarlashtirish prinsiplaridan foydalanishni taqozo etadi. Umumiy o‘rta ta’limda yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy hodisalarni mustaqil va ijodiy tahlil qilishga tayyorlik darajasiga oid bilim va ko‘nikmalarini o‘rganishda an’anaviy metodlar bilan birgalikda interfaol metodlar ham katta yordam berishi mumkin. Bir tomonlama muloqotni ko‘zda tutuvchi savol-javob usulidan farqli ravishda faol ta’lim metodlari yoshlarning o‘zlashtiriladigan bilimlarga munosabati to‘g‘risida ham xulosa chiqarishga imkon beradi. Natijada o‘quvchilarning turli ijtimoiy-siyosiy hodisalarni qanday tushunayotganliklarini ham aniqlab olish mumkin. SHu bilan birga ularning yangi vaziyatlarni, vaqt va hodisalarni baholash uchun mazkur bilimlardan foydalanishga qay darajada tayyor ekanliklari to‘g‘risida ham ma’lumot imkoniyati yaratiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida qaralayotgan muammoni hal qilish uchun axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozaralari, o‘zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular o‘quvchilarni yangi bilim va tushunchalarni mustaqil topishiga, o‘z qarashlari va g‘oyalarini himoya qilishga, dunyoqarashi va tasavurlarini o‘rtoqlari bilan almashinishga o‘rgatadi. Bunda ijodiy fikrlash, tasavvurlarni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi. Talaba-yoshlarda mustaqil-ijodiy fikr yuritish, ma’lum masalalar bo‘yicha muhokama yuritishning qoida va mezonlarini bilish, o‘z fikrini to‘g‘ri, izchil, asosli bayon eta olish, mushohada yuritish, o‘zi bayon etgan fikridan xulosalar chiqara olishni tarkib toptirish mustaqil-ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling