1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodlari


Download 0.49 Mb.
bet64/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodlari.
Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini echish metodlari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini ajratib ko‘rsatadilar.
Evristik metod vositasida ijodkorlik masalalarini echishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash;
xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish;
masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish;
topilgan echimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash.
Ijodkorlik masalalarini echishning tahliliy metodida muammo echimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi. Bu metodda echim aniqligi ob’ekt yoki jarayon ko‘rsatkichlarining o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda sub’ektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
Loyihalash ishlarining xususiyatlari.
Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bo‘limi bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash ob’ektiga loyiha topshirishini tuzishda ob’ektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling