1-ma’ruza: texnologiya fanini o’qitish metodikasi fani vazifasi reja: Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanining mazmuni, fanning oldiga qoyilgan maqsad va vazifalar. «Ta`lim to’g`risidagi»
Download 386.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibn Sinoning
Farobiy shuning uchun ham ta`lim tarbiya masalalariga juda katta e`tibor
berib, insoniy fazilatlarga erishish, oliy maqsad bilan kamolatga erishish, ta`limda mehnat va aqliy tarbiyaga ega bo’lish muhim o’rin tutadi. Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik qarashlarida ham jamiyatning rivojlanishida ta`lim-tarbiyaning o’rni yosh avlodlarni tarbiyalashda kasb- korlikning, hunarmandchilikning ijobiy ta`siri insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targ’ibot qilganlar. IX- XII asr o’rtalarida turli fan sohalarining keng ko’lamda rivojlanishi, insoniyat tarixida buyuk entsiklopedik hisoblanadigan olimlar bilan bog’liqdir. Ibn Sinoning ta`lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha etib kelgan juda ko’p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan.Ibn Sinoning tavsiya qilgan asarida tarbiya va ta`lim quyidagilarni o’z ichiga oladi: Aqliy tarbiya,Jismoniy tarbiya, Estetik tarbiya, Axloqiy tarbiya, Mehnat tarbiyasi (hunar o’rganish). Hunarmandchilik sohalarida ustoz – shogird an’anasida urgatib kelingan. 1920 yilda o‘quv rejada fan sifatida emas balki loyiha tizimi asosida o‘qitila boshlandi. 1932 yilda boshlang‘ich va o‘rta maktablarning o‘quv dasturlari va rejimi to‘g‘risidagi qarorida maktablarda fan asoslarini predmetli o‘qitish ishlab chiqiladi. Mehnat ta’limi umum o‘rta ta’lim maktablariga majburiy fan sifatida o‘qitish joriy qilindi. 1937 yilda umum o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o‘qitish tugatildi. 1954 yilda mehnat ta’limini o‘rta maktab o‘quv rejasiga o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri majburiy fan sifatida kiritildi. 1958 yilda maktabning hayot bilan, hamma uquvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga qushish, ta’limni unumli mehnat bilan bog‘lash, o‘rta maktablarning yuqori sinflarida umumiy ta’lim bilan kasb bo‘yicha tayyorgarlikni qo‘shish kabi ishlarni keng targ‘iboti boshlandi. Kasb bo‘yicha tayyorgarlikni zapyp sharoitlar, avvalo, tegishli moddiy baza va malakali kadrlar mavjud joylarda amalga oshirish mumkin bo‘ldi. Lekin hamma maktablarda ham bunday sharoitlar mavjud emas edi. 1966 yilda o‘quvchilar kasb bo‘yicha tayyorlanishi uchun zarur sharoitlar mavjud maktablardagina kasb bo‘yicha tayyorlanadigan bulishdi. 1975 yilda maktablararo o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari tashkil qilindi. 1984 yilda mehnat ta’limiga ajratilgan umumiy soat 2 barobariga oshdi. Bunda 8-9 sinflarda profilli o‘qitish boshlandi va “Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo‘llash” kiritildi. 1985 yildan keyin mehnat ta’limi yunalishlarga ajratildi va maktab bu yunalishlardan joylashgan hudud sharoitiga qarab kamida ikkitasini tanlash mumkin buldi. Download 386.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling